Anna Magnani
From Wikipedia, the free encyclopedia
Anna Magnani (7-mart 1908-yil — 26-sentyabr 1973-yil) italyan film aktrisasidir. „Eng yaxshi aktrisa“ (inglizcha: Best Actress) nominatsiyasida Oscar (Akademiya) mukofoti bilan taqdirlangan.[1][2] Estradaning komik sahnalarida va fojiaviy spektakllarda ham bir xil muvaffaqiyat qozongan qamrovi keng sanʼatkorlardan. Magnani ijrosida fojiaviylik komediya bilan uytunlashib ketishi, obrazda koʻtarinkilik, keng koʻlamli ulugʻvorlik, noziklik asosiy oʻrin tutadi. „Rim — ochiq shahar“, „Yoʻldagi orzular“, „Sevgi“, „Eng goʻzal“, „Roma ona“ filmlaridagi rollari bilan jahonga tanildi. Magnani Hollywood filmlari — „Tatuirovkali atir gul“ („Oscar“ mukofoti), „Yovvoyi shamol“ (Gʻarbiy Berlin mukofoti) da ham suratga tushgan.[3]