BYD
Akkumulyator va elektr avtomobillar ishlab chiqaruvchi Kompaniya(Brend): / From Wikipedia, the free encyclopedia
BYD Co. Ltd. (Xitoycha: 比亚迪股份有限公司) – ochiq aksiyadorlik jamiyati sifatida roʻyxatga olingan Xitoy koʻp tarmoqli ishlab chiqarish kompaniyasi. Bosh qarorgohi Xitoyning Guandun provinsiyasidagi Shenjen shahrida joylashgan[5]. 1995-yil fevral oyida Van Chuanfu tomonidan asos solingan kompaniyaning BYD Auto va BYD Electronic kabi ikkita yirik shoʻba korxonasi mavjud[6]. BYD kompaniyasi avtomobillar, avtobuslar, elektr velosipedlar, yuk mashinalari, yuk koʻtaruvchi mashinalar, quyosh panellari va qayta zaryadlanuvchi batareyalar ishlab chiqaradi[7].
Turi | biznes[1], korxona, ommaviy kompaniya, konglomerat va automobile manufacturer |
---|---|
Tarmogʻi | Avtomobilsozlik |
Birja listingi |
SEHK: 1211 SZSE: 002594 |
Qachon asos solingan | fevral1995 (29 yil avval) (1995-02) |
Hududiy xizmati | Butun dunyo boʻylab |
Asoschi(lari) | Van Chuanfu |
Rahbariyat | Van Chuanfu (Rais, CEO) |
Mahsulot(lar)i | Avtomobillar, avtobuslar, elektr velosipedlar, yuk mashinalari, forkliftlar, quyosh panellari va qayta zaryadlanuvchi batareyalar va boshqalar. |
Aylanma daromadi | ▲ RMB 424 milliard(2022)[2] |
Boyligi | ▲ RMB 295.78 milliard (2021)[3] |
Sof foydasi | 5 480 012 000[1] |
Ishchilar soni | 288,200 (2021)[3][4] |
Shoʻba korxonalari |
|
Vebsayti | www.byd.com |
BYD avtomobillar (ayniqsa, toʻliq elektr va gibrid avtomobillar, avtobuslar, yuk mashinalari va boshqalar), akkumulyatorli velosipedlar, yuk koʻtaruvchi mashinalar, quyosh panellari va qayta zaryadlanuvchi batareyalar (mobil telefon batareyalari, elektr avtomobil akkumulyatorlari va qayta tiklanadigan energiya) ishlab chiqaradagian yirik kompaniyaga aylangan[8].