Bastian Schweinsteiger
From Wikipedia, the free encyclopedia
Bastian Schweinsteiger (talaffuzi: Bastian Shvaynshtayger, nemischa talaffuzi: [ˈbasti̯an ˈʃvaɪ̯nʃtaɪ̯ɡɐ] ( tinglang); 1984-yil 1-avgust, Kolbermoor, Bavariya) — nemis futbolchisi, markaziy yarim himoyachi ampluasida oʻynagan. Oʻzining pozitsiyasi boʻyicha eng yaxshi nemis futbolchilaridan biri boʻlgan[4][5][6]. Uning nomi „Bayern Munich“ futbol klubi shon-sharaf zalidan joy olgan[7].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 1-avgust 1984-yil (1984-08-01) (39 yosh) | ||
Tavallud joyi | Kolbermoor, Bavariya | ||
Boʻyi | 183 sm [1] | ||
Ampluasi | markaziy yarim himoyachi | ||
Laqabi | Basti[2], Shvayni[3] | ||
Mukofotlari | „Xizmatlari uchun“ Bavariya ordeni | ||
Raqami | 31 va 7 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1987–1992 | FV Oberaudorf | ||
1992–1998 | TSV 1860 Rosenheim | ||
1998–2002 | FC Bayern Munich | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2000–2015 | FC Bayern Munich | 342 | (45) |
2000–2002 | → FC Bayern Munich II | 34 | (2) |
2015–2017 | Manchester United F.C. | 18 | (1) |
2017–2019 | Chicago Fire FC | 85 | (8) |
2000–2019 | Umumiy | 479 | (56) |
Milliy terma jamoa | |||
2000 | Germaniya U16 | 1 | (0) |
2001–2002 | Germaniya U18 | 11 | (2) |
2002–2003 | Germaniya U19 | 7 | (2) |
2004 | Germaniya U21 | 7 | (2) |
2004–2016 | Germaniya | 121 | (24) |
Xalqaro medallar | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Medal soni | ||
---|---|---|
FIFA Jahon chempionati | ||
Bronza | FIFA Jahon chempionati 2006 | |
Bronza | FIFA Jahon chempionati 2010 | |
Oltin | FIFA Jahon chempionati 2014 | |
FIFA Konfederatsiyalar kubogi | ||
Bronza | FIFA Konfederatsiyalar kubogi 2005 | |
UEFA Yevropa chempionati | ||
Kumush | UEFA Yevropa chempionatii 2008 | |
Bronza | UEFA Yevropa chempionati 2012 |
Schweinsteiger „Bayern Munich“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi boʻlib, asosiy jamoaga oʻtganidan keyin 13 mavsumni oʻtkazgan. Bu vaqt ichida sakkiz marta Germaniya chempioni, yetti marta Germaniya kubogi sohibi, shuningdek, UEFA Chempionlar ligasi, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati va UEFA Superkubogi g‘olibiga aylangan. 2012–2013-yilgi mavsumda futbolchi „Bayern Munich“ futbol klubi bilan treblga erishgan. 2015-yilda Schweinsteiger Angliyaning „Manchester United“ futbol klubiga oʻtgan, ammo bu klubning asosiy futbolchisiga aylana olmadi. Keyinchalik Bastian AQShdagi „Chicago Fire“ futbol klubiga oʻtib, bu klubda uch mavsum oʻtkazadi, 2019-yil oktyabr oyida futbolchilik faoliyatini yakunlaydi. Shundan soʻng Schweinsteiger ARD teleradiokompaniyasida televizion mutaxassis sifatida ishlay boshlagan[8].
Bastian Schweinsteiger 2004-yildan 2016-yilgacha Germaniya milliy futbol terma jamoasining asosiy tarkibida oʻynagan. Jamoa tarkibida 121 ta oʻyin oʻtkazib, ushbu jamoa tarixidagi eng koʻp oʻyinlar oʻtkazgan futbolchilar orasida toʻrtinchi oʻrinni qayd etgan. Bastian toʻrtta Yevropa chempionati va uchta jahon chempionatida ishtirok etgan, 2014-yilda jahon chempioni boʻlgan. Shundan keyin futbolchi terma jamoa sardori etib tayinlanadi va 2016-yilning avgustida terma jamoadagi faoliyatini yakunlaydi.