Daniya milliy futbol terma jamoasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Daniya milliy futbol terma jamoasi (Danish tili: Danmarks herre-fodboldlandshold yoki herrelandsholdet) xalqaro futbol musobaqalarida Daniya sharafini himoya qiladi. Terma jamoa DBU qoshida tashkil etilgan futbol klublari uchun boshqaruv organi boʻlgan Daniya Futbol Assotsiatsiyasi (DBU) tomonidan nazorat qilinadi. Daniyaning uy stadioni Kopengagenning Østerbro tumanidagi Parken stadioni. Daniya milliy jamoasining bosh murabbiyi Kasper Hjulmand.
Tahallusi |
De Rød-Hvide (The Red and Whites) Danish Dynamite | ||
---|---|---|---|
Assotsiatsiya | Dansk Boldspil-Union (DBU) | ||
Konfederatsiya | UEFA (Europe) | ||
Bosh murabbiy | Kasper Hjulmand | ||
Sardor | Simon Kjær | ||
Eng koʻp oʻynagan futbolchi | Peter Schmeichel (129) | ||
Eng yaxshi toʻpurar |
Poul "Tist" Nielsen Jon Dahl Tomasson (52) | ||
Uy stadioni | Parken Stadium | ||
FIFA kodi | DEN | ||
| |||
FIFA Reytingi | |||
Hozirgi | 19 ▬ (20 July 2023)[1] | ||
Eng yuqori | 3 (May 1997, August 1997) | ||
Eng past | 51 (April 2017) | ||
Birinchi xalqaro oʻyin | |||
Daniya 9–0 France B (London, England; 19 October 1908) | |||
Eng yirik gʻalaba | |||
Daniya 17–1 Fransiya (London, England; 22 October 1908) | |||
Eng yirik magʻlubiyat | |||
Germaniya 8–0 Daniya (Breslau, Germany; 16 May 1937) | |||
Jahon chempionati | |||
Ishtiroki | 6 (Ilk marta 1986-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | Quarter-finals (1998) | ||
European Championship | |||
Ishtiroki | 9 (Ilk marta 1964-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | Champions (1992) | ||
CONMEBOL–UEFA Cup of Champions | |||
Istiroki | 1 (Ilk marta 1993-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | Runners-up (1993) | ||
Konfederatsiyalar kubogi | |||
Ishtiroki | 1 (Ilk marta 1995-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | Champions (1995) |
Daniya 1906-yilgi Intercalated Games gʻolibi va 1908—1912-yilgi Olimpiya oʻyinlarida kumush medal sohibi boʻlgan. 1986-yilgacha FIFA Jahon chempionatiga chiqa olmagan.
Terma jamoa 1992-yilda Shvetsiyada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida eng yorqin oʻyinlarini oʻtkazgan. Daniya yarim finalda amaldagi chempion Niderlandiyani, finalda esa jahon chempioni Germaniyani magʻlub etdi. 1995-yilgi Qirol Fahd kubogida ham finalda Argentinani magʻlub etishgan. Ularning jahon chempionatidagi eng yaxshi natijasi 1998-yilda qayd etilgan boʻlib, chorak finalgacha yetib borishgan. Braziliyaga qarshi chorak finalda 3:2 hisobida magʻlub boʻlgan.