Demokratiya indeksi
From Wikipedia, the free encyclopedia
The Economist guruhi tomonidan tuzilgan demokratiya indeksi – dunyodagi demokratiyaning sifatini oʻlchash indeksi. Ushbu miqdor va qiyosiy baholash asosiy ahamiyati demokratik huquqlar va demokratik institutlarga qaratilgan. Ushbu demokratiya indeksida demokratiyani baholash metodologiyasi „Economist Intelligence Unit“ning (Economists Group) qismi boʻlgan, Britaniyada joylashgan xususiy kompaniya, „The Economist“ haftalik gazetasini nashr etadi. Indeks beshta turkumga toʻplangan 60 ta koʻrsatkichga asoslangan va ular ommaviy fikrlar, fuqarolik erkinliklari va siyosiy madaniyatni oʻlchab oladi. Hisob maʼlumotlari va reytingdan tashqari, indeks har bir mamlakatni toʻrtta rejim turiga ajratadi: mukammal demokratiya, nomukammal demokratiya, aralash rejimlar va avtoritar rejimlar. Demokratiya indeksi toʻgʻrisidagi birinchi hisobot 2006-yilda nashr etilgan. Hisobotlar 2010-yilgacha har ikki yilda bir marta va undan keyin har yili nashr etilardi. Indeksda 167 mamlakat va hududlar mavjud, ulardan 166 tasi mustaqil davlatlar, 164 tasi BMTga aʼzo davlatlar. Demokratiya holatiga oʻxshash baholar bilan boshqa demokratiya indekslari – V-Demokratiya indeksi va Bertelsmann Transformation Indexni oʻz ichiga oladi[1][2][3].
Toʻliq demokratiya
9.01–10 8.01–9 |
Nomukammal demokratiya
7.01–8 6.01–7 |
Gibrid rejim
5.01–6 4.01–5 |
Avtoritar rejim
3.01–4
2.01–3 0–2.00 |
Maʼlumot mavjud emas
|
Hisobotda tasvirlanganidek, Demokratiya indeksi 60 ta savolga asoslangan oʻlchov bilan hosil qilinadi. Har biri ikki yoki uchta ruxsat etilgan javobga ega. Aksariyat javoblar mutaxassislarning baholashi bilan bogʻliq. Baʼzi javoblar tegishli mamlakatlarda oʻtkazilgan jamoatchilik fikrini oʻrganish orqali taqdim etiladi. Soʻrov natijalari mavjud boʻlmagan mamlakatlar uchun, ekspertlarning baholaridan foydalanadilar.
Savollar besh toifaga boʻlinadi: saylov jarayoni va plyuralzmi, fuqarolik erkinliklari, hukumatning faoliyati, siyosiy ishtirok etish,siyosiy madaniyat.
Har bir javob 0 yoki 1, uchta javobli savollar uchun 0, 0,5 yoki 1 ballga aylanadi. Quyidagi istisnolardan tashqari, har bir turkum ichida natijalar qoʻshib, oʻn marta koʻpaytirilgan va kategoriya boʻyicha savollarning umumiy soni bilan boʻlinadi. Bir nechta oʻzgaruvchan bogʻliqliklar mavjud, ular asosiy qoida tartiblaridan ancha aniqroq tushuntiriladi. Baʼzi hollarda, bitta savolga nol javob berish boshqa savolni bekor qiladi: masalan, agar milliy qonun chiqaruvchi va hukumat rahbarining saylovlari erkin deb hisoblanmasa (soʻrov 1), unda keyingi savol: „Saylovlar adolatli boʻlmagan“, deb hisoblanadi. Lekin avtomatik ravishda nol natija beradi. Shu singari, bir nechta savollar shunchalik muhim deb hisoblanadiki, ular boʻyicha natijalar ularning tegishli turkumlari uchun umumiy natijalar summasiga salbiy taʼsirini beradi: „Milliy saylovlar erkin va adolatli boʻladimi“, „saylovchilar xavfsizligi“, „Xorijiy kuchlarning hukumatga taʼsiri“, „Xuddiy xizmatchilarning siyosatni amalga oshirish qobiliyati qanday“ va hokazo.
Oʻsha hisobotda koʻrsatilgan beshta turkum indekslari keyinchalik maʼlum bir mamlakat uchun umumiy balni topish uchun oʻrtacha hisoblanadi. Ikki oʻnlik raqamga aylangan natija mamlakatni rejim turi bilan tasniflashni aniqlaydi.
Hisobotda Freedom House tomonidan tanlangan demokratiyaning boshqa koʻrsatkichlari muhokama qilinadi va „Economist Intelligence Unit“ guruhining baʼzi tanlovlari uchun bahslashadi. Ushbu taqqoslashda, soʻrovlar orqali oʻlchanadigan jamoatchilik fikri va munosabatlariga katta eʼtibor qaratiladi. Boshqa tomondan, iqtisodiy turmush standartlari demokratiyaning bir mezoni sifatida koʻrilmaydi.
Hisobot xalqaro matbuotda va ilmiy jurnallarda keng tarqaladi.