Estonia kemasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Estonia kemasi—(MS Estonia) 1980-yilda Papenburg shahridagi Gʻarbiy Germaniyaning Meyer Werft tersanesida, Shvetsiyaning „Viking Line“ kompaniyasi buyurtmasi asosida yasalib suvga tushirilgan parom edi. 1993-yilda u Estlinening Tallin-Stokgolm yoʻnalishida foydalanish uchun Nordström & Tulin (Shvetsiya) kompaniyasiga sotilgan. 1994-yil 28-sentabrda Boltiq dengizida Shvetsiya, Finlandiya va Estoniya oʻrtasidagi kemaning choʻkishi XX asrning eng dahshatli dengiz falokatlaridan biri boʻlib, 852 kishining hayotiga zomin boʻlgan.[1]
Estonia kemasi | |
---|---|
MS Estonia | |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | Cho'kkan |
Joylashuvi | Tallin-Stokgolm |
Mamlakat | Shvetsiya |
Qurilishi boshlangan | 11-sentyabr, 1979-yil(1979-09-11) |
Qurilishi tugagan | 26-aprel, 1980-yil(1980-04-26) |
Egasi | Nordström & Thulin |
Dizayn va konstruksiya | |
Meʼmor | Meyer Verft, Papenburg, Gʻarbiy Germaniya |
Arxitektor firma | Viking Line |
Estonia kemasi |
Rasmiy hisobotning xulosasiga koʻra, kemaning tumshuq qismida joylashgan, turli transport vositalarining paromga chiqishida asqotadigan 50 tonnalik temir „koʻprik“ (Apparel) uzilib ketadi.[2] Shundan soʻng „Estonia“ tubiga suv kira boshlaydi. Biroz oʻtib parom oʻng tomonga 15° darajaga ogʻadi. Shunda uning ichiga suv kirishi yanada tezlashadi. Koʻp oʻtmay, elektr taʼminoti butunlay uzilib, qidiruv va qutqaruv ishlariga toʻsqinlik qildi. Buning natijasida 90 daqiqa davomida toʻliq miqyosda favqulodda holat eʼlon qilinmaydi. Oradan yarim soat oʻtgach „Estonia“ 90° daraja ogʻib qoladi va uning oʻng tomoni batamom suvga botadi.[3] Soat 01:40 larga borib parom butunlay suvga toʻladi va choʻka boshlaydi. Oradan oʻn daqiqa oʻtib „Estonia“ 70 metr chuqurlikka choʻkib boʻlgan edi. Paromda boʻlgan odamlarning asosiy qismi oʻz kayutalaridan chiqishga ulgurmay, choʻkib ketadi. Bortdagi 989 kishidan 138 nafari qutqarib olindi. Hisobotda ekipajning passiv munosabati tanqid qilingan, suvning palubalarga kirib borayotganini sezmaganligi, signalni kechiktirishi kabi loqayd munosabatlar ekipajning xatosi edi.[4]