Gazprom
From Wikipedia, the free encyclopedia
Gazprom OAJ – asosan davlatga tegishli boʻlgan Rossiyaning yirik transmilliy energetika korporatsiyasi. Uning shtab-kvartirasi Sankt-Peterburgdagi Laxta markazida joylashgan[3]. Kompaniya odatda “Gazprom” nomi bilan mashhur boʻlib, ruscha “газовая промышленность” (gaz sanoati) soʻzidan olingan[4] .
Gazprom bosh ofisi, Sankt-Peterburg | |
Turi | Ochiq aksiyadorlik jamiyati |
---|---|
Tarmogʻi | Neft va gaz |
Egasi | Rossiya Hukumati (50,23%) |
Qachon asos solingan | 1989 |
Joylashuvi | Sankt-Peterburg, Rossiya |
Hududiy xizmati | Gaz quvurlari logistikasi |
Asoschi(lari) | Rossiya Federatsiyasining hukumati |
Mahsulot(lar)i | Neft, tabiiy gaz |
Daromadi | 87,7 milliard dollar(2020)[1] |
Aylanma daromadi | 8,53 milliard dollar[1] |
Operatsion foydasi | 614 851 000 000[2] |
Boyligi | 324 milliard dollar(2020)[1] |
Kapitallashtirish | 205 milliard dollar(2020)[1] |
Sof foydasi | 162 407 000 000[2] |
Ishchilar soni | 466 000(2018) |
Shoʻba korxonalari | Shoʻba korxonalari roʻyxati |
Vebsayti | gazprom.com |
Gazprom global miqyosda katta oʻringa ega. 2019-yilda u 120 milliard dollarli daromadi boʻyicha dunyodagi eng yirik tabiiy gaz kompaniyasi va Rossiyadagi eng yirik kompaniya sifatida tan olindi[5]. Shuningdek, u Forbes Global 2000 roʻyxatida dunyodagi eng yirik davlat kompaniyalari roʻyxatida 32-oʻrinni egalladi[6].
2022-yil yanvar oyida Sberbankni ortda qoldirib, bozor kapitallashuvi boʻyicha Rossiyadagi eng yirik kompaniysiga aylandi. Oʻsha yili kompaniya 8 trillion rubl miqdoridagi daromadni qayd etdi[7].
2023-yilda Gazprom xalqaro bozorlar roʻyxatidan chiqarildi, biroq u oʻzining operatsion natijalarini oshirish, jumladan, ishlab chiqarish va eksport qilish uchun muhim loyihalarini amalga oshirishda davom etmoqda.
Gazprom global energiya bozorida, xususan, tabiiy gaz sohasida muhim rol oʻynaydi. U gaz sanoatining koʻplab jabhalarida, jumladan, gazni aniqlash, qazib olish, tashish va sotish bilan shugʻullanadi[8].
Gazprom global tabiiy gaz ishlab chiqarishga muhim hissa qoʻshmoqda. 2018-yilda kompaniya dunyo boʻylab ishlab chiqarilgan tabiiy gazning 12 foizi Gazpromga toʻgʻri keladi. Bu 497,6 milliard kub metr tabiiy gaz, 15,9 million tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni tashkil etdi[9].
Gazprom nafaqat Rossiya ichida, xalqaro bozorlarga ham gazni tashish uchun quvurlarga egalik qiladi. Yevropa va boshqa mintaqalarga gaz eksportini osonlashtiradigan "Shimoliy oqim 1" va "Turk oqimi" kabi yoʻnalishlar Gazpromga tegishli[10].
„Gazprom neft“ shoʻba korxonasi orqali Gazprom yiliga 41 million tonna neft qazib oladi, zaxiralari esa 2 milliard tonnaga yaqin[9].
Gazpromning gaz va neft sohalaridan tashqari turli sanoat tarmoqlarida, jumladan, moliya, ommaviy axborot vositalari va aviatsiyada filiallari mavjud. U boshqa kompaniyalarning asosiy ulushlariga ega boʻlib, biznes portfelini yanada diversifikatsiya qilishda davom etmoqda.