Germaniya Konfederatsiyasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Germaniya Konfederatsiyasi (nemis: Deutscher Bund Markaziy Yevropadagi 39 ta nemis tilida soʻzlashuvchi mustaqil davlatlar birlashmasi edi[1]. U 1815-yilda Vena Kongressi tomonidan 1806-yilda tugatilgan sobiq Muqaddas Rim imperiyasining oʻrniga yaratilgan.[2]
Germaniya Konfederatsiyasi Deutscher Bund
| |
---|---|
1815-yil–1866-yil | |
[[{{{davlat_nomi}}} gerbi|Gerb]]
| |
Poytaxt | Frankfurt |
Boshqa tillar |
chex sloven |
Din | Katolik, protestant |
Hukumat | Konfederatsiya |
• Imperator |
Frans I (1815–1835) |
• Imperator |
Ferdinand I (1835–1848) |
• Imperator |
Frans Iosif I (1850–1866) |
Qonun chiqaruvchi hokimiyat | Federal Konvensiya |
Tarix | |
• Asos solingan |
1815-yil |
• Germaniya urushi |
1813-yil |
• Konstitutsiya qabul qilinishi |
1815-yil 8-iyun |
• Germaniya Inqiloblari |
1848-yil 13-mart |
• Olmutz shartnomasi |
1850-yil 29-noyabr |
1866-yil 14-iyun | |
• Praga tinchlik shartnomasi |
1866-yil 23-avgust |
• Tugatilgan |
1866-yil |
Pul birligi |
Reyxsthaler (1857-yilgacha) Konventshaler (1857-yilgacha) Vereinsthaler (1857-yildan) |
Konfederatsiya faqat bitta organga ega edi — Federal Konvensiya (yoki Federal Majlis). Konventsiya aʼzo davlatlarning vakillaridan iborat edi. Eng muhim masalalarni bir ovozdan hal qilinishi kerak edi. Konvensiyaga Avstriya vakili raislik qilgan. Biroq, bu shunchaki rasmiyatchilik edi: Konfederatsiyada amalda davlat boshligʻi yoʻq edi.
Konfederatsiya, bir tomondan, unga aʼzo davlatlar oʻrtasidagi mustahkam ittifoq edi, chunki federal qonun davlat qonunlaridan ustun edi (Federal konvensiya qarorlari aʼzo davlatlar uchun majburiy edi)[3]. Bundan tashqari, Konfederatsiya abadiy tuzilgan edi, chunki uni tarqatib yuborish (qonuniy ravishda) mumkin emas edi, hech bir aʼzo davlat uni tark eta olmasdi va har qanday yangi aʼzo Federal Konvensiyaning umumiy roziligisiz qoʻshila olmasdi. Boshqa tomondan, Konfederatsiyaning faoliyati ikki aʼzo davlat — Avstriya va Prussiyaning hamkorligiga bogʻliq edi.[4]
1848—1849-yillarda boshlanib ketgan inqiloblar Konfederatsiyani liberal, demokratik, sotsialistik va millatchilik tuygʻulari asosidagi liberal konstitutsiyaga ega birlashgan Germaniya federal davlatiga aylantirishga harakat qildi. Konfederatsiyaning boshqaruv organi — Konfederativ Diet 1848-yil 12 -yulda tarqatib yuborildi, ammo inqilob Avstriya, Prussiya va boshqa davlatlar tomonidan bostilgandan keyin 1850-yilda qayta tiklandi.[5]
Konfederatsiya 1866-yilda Avstriya imperiyasi ustidan yetti haftalik urushda Prussiya Qirolligi gʻalaba qozonganidan soʻng yana tarqatib yuborildi. Germaniya yerlarini boshqarish uchun boʻlgan ziddiyat Prussiya foydasiga tugadi. 1867-yilda Prussiya rahbarligida Shimoliy Germaniya Konfederatsiyasi tuzildi, unga Prussiya Qirolligining sharqiy qismlari va bir qator Janubiy Germaniya davlatlari qoʻshilgan edi. Ushbu Konfederatsiya 1871-yil Germaniya Imperiyasi tashkil topguncha mavjud boʻldi.