Jessica Jung
From Wikipedia, the free encyclopedia
Jessica Jung (Jessica Sooyoun Jung) 1989-yil 18-aprelda tavallud topgan[1][2]. Jessika mononimi bilan ham tanilgan qoʻshiqchi, aktrisa, ijodkor shoira va ishbilarmon ayol[3][4]. Jessica Janubiy Koreyadagi Girls' Generation qizlar guruhining sobiq aʼzosi sifatida faoliyat yuritadi. Jung aktrisa sifatida 2010-yilda „Legally Blonde“ musiqiy filmining koreyscha versiyasida Elle Vuds rolini ijro etgan hamda 2012-yilda „Wild Romance“ televizion dramasida rol oʻynagan. 2014-yil boshida u „Blanc & Eclare“ moda brendini yaratgan. Oʻsha yilning oxirida u guruh hamda shaxsiy biznes faoliyati oʻrtasidagi ziddiyatlar paydo boʻlgani sababli „Girls' Generation“dan ishdan chetlatilgan. Ishdan boʻshatilgandan soʻng, Jessica „SM Entertainment“ bilan shartnomasini tugatgan hamda 2016-yilda oʻzining birinchi „With Love, J“ yakkaxon albomi chiqarilishidan oldin „Coridel Entertainment“ bilan shartnoma imzolagan. 2018-yil may oyida Jessica „United Talent Agency“ bilan shartnoma tuzgan[5]. Uning debyut eng koʻp sotilgan „Shine“ romani 2020-yil sentyabr oyida dunyo yuzini koʻrgan[6].
Jessica Jung | |
---|---|
Tavalludi |
Jessica Sooyoun Jung 18-aprel 1989-yil (1989-04-18) (35 yosh) San Francisco, California, U. S. |
Fuqaroligi | AQSh va Koreya Respublikasi |
Kasbi |
|