Kevin McHale
From Wikipedia, the free encyclopedia
Kevin Edward McHale (1957-yil 19-dekabrda Minnesota shtatining Hibbing shahrida tugʻilgan) — kelib chiqishi xorvat-irlandiyalik boʻlgan[1] amerikalik professional basketbolchi, Milliy Basketbol Assotsiatsiyasining Boston Seltiks jamoasida oʻn uch mavsum oʻynagan va murabbiylik qilgan. Sportchilik faoliyatini yakunlagandan soʻng McHale „Minnesota Timberwolves“ning bosh menejeri, keyinroq esa klub bosh murabbiyi boʻlib ishladi. 2009-yil iyun oyida u oʻz lavozimidan boʻshatildi va NBA TV va Turner Sports telekanallarida tahlilchi boʻlib ishladi. 2011-yildan 2015-yil noyabrigacha „Houston Rockets“ jamoasi bosh murabbiyi boʻlgan. NBA tarixidagi 50 ta eng zoʻr oʻyinchilardan biri. Basketbol shon-sharaf zali aʼzosi.