Kobe Bryant
From Wikipedia, the free encyclopedia
Kobe Bean Bryant (1978-yil 23-avgust — 2020-yil 26- yanvar) amerikalik professional basketbolchi edi. U butun 20 yillik faoliyatini Los-Anjeles Leykers bilan Milliy Basketbol Assotsiatsiyasida (NBA) oʻtkazdi. Barcha davrlarning eng buyuk basketbolchilaridan biri sifatida eʼtirof etilgan.[3][4][5][6] Bryant besh marta NBA chempionligini qoʻlga kiritgan, 18 karra All-Star, 15 karra All-NBA Team, All-NBA Team aʼzosi, 12 karra All-mudofaa jamoasi aʼzosi, 2008 NBA eng qimmat oʻyinchisi (MVP). U vafotidan keyin 2020-yilda Neysmit memorial basketbol shon-shuhrat zaliga uni nomi beriladi va 2021-yilda NBA 75 yillik yubiley jamoasiga ham uni nomi beriladi.
2014-yil Bryant Los Angeles Lakers jamoasi bilan | |||||
Shaxsiy maʼlumot | |||||
---|---|---|---|---|---|
Tavalludi |
23-avgust 1978-yil Philadelphia, Pennsylvania, U.S. | ||||
Vafoti |
26-yanvar 2020-yil(2020-01-26) (41 yoshda) Calabasas, California, U.S. | ||||
Boʻyi | 6 ft 6 in (1.98 m)[lower-alpha 1] | ||||
Vazni | 212 lb (96 kg) | ||||
Karyera maʼlumoti | |||||
Maktab |
Lower Merion (Ardmore, Pennsylvania) | ||||
MBA drafti | 1996 / Tur: 1 / Tanlash: 13- overall | ||||
Charlotte Hornets tomonidan tanlangan | |||||
Oʻyin karyerasi | 1996-2016 | ||||
Pozitsiyasi | Striker | ||||
Raqami | 8, 24 | ||||
Statistikalar NBA.com saytida | |||||
Statistikalar Basketball-Reference.com saytida | |||||
Medallari
|
NBA sobiq basketbolchisi Joe Braynt oʻgʻli, Filadelfiyada tugʻilgan va Italiyada oʻsgan. Proffesional oʻyinchi sifatida Braynt 1997- yilgi Slam Dunk tanlovida gʻalaba qozondi. Jamoadoshi Shaquille OʻNeal bilan kelishmovchilikka qaramay, bu juftlik Lakersni 2000-yildan 2002-yilgacha ketma-ket uchta NBA chempionligini olib keldi.
Leykers tarixidagi eng yaxshi toʻpurari Braynt NBA tarixida 20 mavsum oʻynagan birinchi basketbolchi boʻldi. U asosiy tarkibda eng koʻp oʻyin oʻtkazgan. 2000-yillarning oʻrtalarida u oʻziga " Qora Mamba " laqabini berdi va bu keng jamoatchilik tomonidan qabul qilindi. U 2008-2012-yillarda AQSh olimpiya terma jamoasida oltin medalni qoʻlga kiritgan. 2018-yilda u " Aziz basketbol " (2017) filmi uchun „ Eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film“ nominatsiyasida Akademiya mukofotini qo‘lga kiritdi.[7]