Marc Anthony
From Wikipedia, the free encyclopedia
Marco Antonio Muñiz (talaffuzi: Marko Antonio Munis; 16-sentyabr 1968-yilda tugʻilgan)[1][2] Marc Anthony (talaffuzi: Mark Entoni) nomi ostida tanilgan amerikalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis, aktyor va teleproduserdir. U barcha zamonlarning singllari eng koʻp sotilgan tropical salsa janrida ijod qiluvchi artistidir.[3] Latin salsa balladalari bilan tanilgan Anthony koʻplab yutuqlarga, jumladan, uch marta Grammy Award, olti marta Latin Grammy Awardga loyiq topilgan hamda hozirga qadar umumjahon boʻylab 12 milliondan oshiq albomlarini sotishga muvaffaq boʻlgan.[4] U, shuningdek, 2009-yilda Congressional Hispanic Caucus Institute (CHCI) ning Lifetime Achievement mukofotiga sazovor boʻlgan.[5] 2009-yilning 16-sentyabrida esa „2009 CHCI Chair’s Lifetime Achievement Award“ga ham loyiq topilgan.[6] U yana singllari eng koʻp sotilgan tropical/salsa artist boʻlgani hamda Billboardning tropical albomlarga koʻra chartlarida eng koʻp birinchi oʻrinni band qilgan albomlari uchun Guinness rekordlar kitobiga kiritilgan.[7] U, shuningdek, Billboard Latin Tropical Airplay chartida 32 ta qoʻshigʻi bilan eng koʻp birinchi oʻrinni egallagan artist oʻlaroq qayd etilgan.[8][9]
Marc Anthony | |
---|---|
Anthony 2011-yilda | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
Marco Antonio Muñiz Martinez 16-sentyabr 1968-yil (1968-09-16) (55 yosh) New York shahri, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi |
|
Leybl |
|
Turmush oʻrtogʻi |
|
Bolalari | 6 |
Janr | |
Hamkorligi | Debbie Rosado (1990-2004) |
Faoliyat yillari | 1988 – hozirgacha |
Veb-sayt | marcanthonyonline.com |