Marshall rejasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Marshall rejasi (inglizcha: Marshall Plan, rasmiy nomiinglizcha: European Recovery Program; „Yevropani tiklash dasturi“) — Ikkinchi jahon urushidan keyin Yevropaga yordam berish dasturi. 1947-yilda AQSh Davlat kotibi Jorj C. Marshall tomonidan ishlab chiqilgan va 1948-yil aprelidan kuchga kirgan. Rejaga Yevropaning 17 davlati, shu jumladan G‘arbiy Germaniya ham jalb qilingan.
Marshall rejasi Gʻarbiy Yevropada urushdan keyingi tinchlik oʻrnatilishiga hissa qoʻshdi. Rejaning belgilangan maqsadi urushdan vayron boʻlgan Yevropa iqtisodiyotini tiklash, savdo toʻsiqlarini olib tashlash, Yevropa mamlakatlari sanoatini modernizatsiya qilish, kommunistlarni kuch tuzilmalaridan siqib chiqarish va butun Yevropani rivojlantirish edi.
Marshall rejasi urushdan keyingi SSSR iqtisodiyotini tiklashda yordam koʻrsatishni ham oʻz ichiga oladi, ammo Sovet Ittifoqi rahbariyati reja boʻyicha har qanday yordam koʻrsatishdan bosh tortdi[1].