Novalisoy
From Wikipedia, the free encyclopedia
Novalisoy yoki Navolisoy – Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi soy. Piskom daryosining oʻng irmogʻi. Chorboq suv omborida suv sathi koʻtarilgan bahoryoz oylarida Novalisoy bevosita suv omboriga quyiladi. Ugom tizmasining janubi-gʻarbiy yon bagʻirlaridagi buloqlardan boshlanib, janubi-gʻarbiy yoʻnalishda oqadi. Uzunligi 17 km, suv toʻplash maydoni 99,4 km². Beshta kichik irmoqlarning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Irmoqlarning eng yirigi Yahaqsoy (11 km). Novalisoy yomgʻir va koʻproq qor suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 2,85 m³/sek. Oqimining 65—70% qismi mart—iyun oylariga toʻgʻri keladi. Eng katta suv sarfi may oyida kuzatiladi (6,32 m³/sek). Toʻlin suv davrini hisobga olmaganda, suvi doim tiniq[1].
Qisqa faktlar Tavsif, Suv oqimi ...
Novalisoy | |
---|---|
Novalisoy (Sijjak qishlogʻi yaqinda) | |
Tavsif | |
Uzunligi | 17 |
Havzasi | Piskom / Chorboq suv ombori / Chirchiq / Sirdaryo / Kichik Orol dengizi/ Katta Orol dengizi |
Suv sarfi | 2,99 m³/s (Sijjak qishlogʻi) |
Suv oqimi | |
Boshlanishi | |
· Boshlanish joyi | Ugom tizmasi |
· Balandligi | 3 000 m |
Quyilishi | [[Piskom (kuz va qishda) Chorboq suv ombori (bahor va yozda)]] |
· Quyilish joyi | Sijjak qishlogʻi yuqorisidagi P-9 avtomagistrali yaqinida |
· Balandligi | 910 m |
Joylashuvi | |
Davlat | Oʻzbekiston |
Mintaqa | Toshkent viloyati |
Tuman | Boʻstonliq tumani |
Yopish