Olma sharbati
From Wikipedia, the free encyclopedia
Olma sharbati boshqa nomlarda shirin sharbat, yumshoq sharbat deb ataladi. AQSH va Kanadada olmadan bevosita filtirlanib, shakarsiz va alkogolsiz qilib tayyorlanadi. AQSH da uni shunchaki sharbat deb nomlashsa, boshqa joylarda esa alkogolsiz meva sharbati, olma sharbati deb ataladi va qattiq sharbat turidan ajralib turishi uchun yumshoq bulutli sharbat nomi koʻp qoʻllaniladi. Yangi tabiiy olma sharbati asosan olmaning oʻzidan yoki olmaning et qismi, poʻstlogʻi, turli shakldagi qirqimlaridan tayyorlanadi. Tabiiy sharbat tarkibi olmaning maydalanishidan qolgan zarralar hisobiga biroz quyqalanib, pishirilgan, filtirlangan olma sharbatidek tiniq boʻlmaydi.
Tayyorlashdan oldin sharbat yaxshilab uzoq vaqt qaynatiladi. Bunda tarkibidagi mayda bakteriya, mikroblar oʻlib ketishi hisobiga sharbatning sifat koʻrsatkichi yaxshilanadi, uzoq vaqt saqlashga chidamli boʻladi. Zavodlarda tayyorlanadigan olma sharbati pasterizatsiya va sterilizatsiyadan oʻtkaziladi, buning hisobiga rangi ham ancha tiniq boʻladi. Oziq-ovqat korxonalarida yaratiladigan olma sharbatlariga konservantlar ham qoʻshiladi va ularni uzoq vaqt muzlatgichda saqlash mumkin boʻladi. Anʼanaviy ravishda sharbatlar kuzda ishlab chiqariladi. Bayramlar va tadbirlar uchun koʻproq sotib olinadi[1].