Rahmonberdi Madazimov
From Wikipedia, the free encyclopedia
Rahmonberdi Madazimov (1875-1933) – Qirgʻiziston teatr harakatining asoschisi, Oʻrta Osiyodagi ikkinchi eng keksa professionalteatri boʻlmish Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrining birinchi asoschisi, tashkilotchisi, direktori, badiiy rahbari, bosh rejissyori, yozuvchi.[1][2] Qirgʻiziston madaniyati, sanʼati va xalq taʼlimi tizimini rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan. Qirgʻiziston janubidagi jadidchilik harakatining yetakchisi va mafkurachisi. Oʻsh viloyati, Oʻsh shahar va Qorasuv tumani Kengashlari deputati etib saylangan. Yangi davlatchilik shakllanishining boshida Rahmonberdi Madazimov Qoraqirgʻiz avtonom viloyatining tashkil topishida faol ishtirok etgan.
Qisqa faktlar Tavalludi, Vafoti ...
Rahmonberdi Muhammadazimovich Madazimov | |
---|---|
Tavalludi |
1875 |
Vafoti |
1933 Qirgʻiziston Oʻzgan shahrida |
Fuqaroligi | SSRI → Qirgʻiziston |
Faoliyat yillari | 1914–1932 |
Turmush oʻrtogʻi | Bibihon 1884 - 26.03.1922 Tojikistonning Oʻratepa shahrida tugʻilgan. |
Bolalari | Nazokatxon {1.03.1902-03.1934), Xojiniso (8.03.1907-13.03.1932), Oʻrinboy (4(17).1910-5.10.1980, Nazirxon (1912-1917), Joʻraxon (18.08.1917-7.04.1977). |
Otasi | Ibni Muhammadaʼzim aʼlam hoji (1876 yili vafot etgan) taniqli din peshvosi va arbobi, ulamo, Oʻsh shahar qozisi. |
Onasi | Bibi Soliha (1850-17.03.1922) Tojikistonning Oʻratepa shahrida tugʻilgan, ukasi Mulla mingboshi Oʻratepa shahrini boshqargan. |
Yopish