Riyad Mahrez
From Wikipedia, the free encyclopedia
Riyod Karim Mahrez (1991-yil 21-fevralda tug‘ilgan) — professional futbolchi, Premier League „Manchester Siti“ klubida qanot hujumchisi va Jazoir terma jamoasi sardori.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Riyad Karim Mahrez[1] | ||
Tavallud sanasi | 21-fevral 1991-yil (1991-02-21) (33 yosh)[2] | ||
Tavallud joyi | Sarcelles, Fransiya | ||
Boʻyi | 1.79 m | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Manchester City | ||
Raqami | 26 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2004-2009 | AAS Sarcelles | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2009-2010 | Quimper | 27 | (1) |
2010-2013 | Le Havre II | 60 | (24) |
2011-2014 | Le Havre | 60 | (6) |
2014-2018 | Leicester City | 158 | (42) |
2018- | Manchester City | 115 | (38) |
Milliy terma jamoa | |||
2014- | Jazoir | 75 | (26) |
Xalqaro medallar | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (22-may uchun) |
Mahrez o‘z faoliyatini Fransiyaning „AAS Sarcelles“ klubida boshlagan. U 2009-yilda Quimper jamoasi bilan professional shartnoma imzolaydi va u yerda bir mavsum oʻynaganidan soʻng, Le Havre klubi bilan uch yillik shartnoma imzolaydi. Dastlab u klubda zaxira oʻyinchisi sifatida oʻynaydi, keyin esa asosiy jamoaning doimiy futbolchisiga aylandi. 2014-yilning yanvarida Mahrez Angliyaning „Lester Siti“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi va birinchi mavsumning yakunida Championshipda chempionlikni qoʻlga kiritadi va Premer ligaga chiqishga yordam berdi. 2015-16-yilgi mavsumda u Jazoirda yilning eng yaxshi futbolchisi, PFA tomonidan yilning eng yaxshi oʻyinchisi va „Lester Siti“ga Premer ligada gʻalaba qozonishida yordam bergani uchun Premer ligada yilning eng yaxshi PFA jamoasi tarkibiga kiritildi. U 2018-yilda „Manchester Siti“ bilan shartnoma imzoladi va oʻzining birinchi mavsumidayoq Premer liga, Angliya kubogi va EFL kubogini qoʻlga kiritdi.
Fransiyada tugʻilgan Mahrez 2014-yilda Jazoir terma jamoasi safida debyutini oʻtkazdi va 2014-yilgi Jahon chempionatida hamda 2015-, 2017-, 2019- va 2021-yillarda Afrika Millatlar kubogida ishtirok etib, 2019-yilgi turnirda gʻolib chiqdi. 2016-yilda u CAF tomonidan Afrikada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.