Timo Werner
From Wikipedia, the free encyclopedia
Timo Werner (1996-yil 6-martda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, hujumchi sifatida oʻynaydi. „RB Leipzig“ va Germaniya terma jamoasi futbolchisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Timo Werner[1] | ||
Tavallud sanasi | 6-mart 1996-yil (1996-03-06) (27 yosh)[2] | ||
Tavallud joyi | Stuttgart, Germaniya | ||
Boʻyi | 1.80 m[3] | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | RB Leipzig | ||
Raqami | 11 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
TSV Steinhaldenfeld | |||
2002-2013 | VfB Stuttgart | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2013-2016 | VfB Stuttgart | 95 | (13) |
2014 | VfB Stuttgart II | 1 | (1) |
2016-2020 | RB Leipzig | 127 | (78) |
2020-2022 | Chelsea | 56 | (10) |
2022- | RB Leipzig | - | (-) |
Milliy terma jamoa | |||
2010-2011 | Germaniya U15 | 4 | (3) |
2011-2012 | Germaniya U16 | 5 | (2) |
2012-2013 | Germaniya U17 | 18 | (16) |
2013-2015 | Germaniya U19 | 14 | (10) |
2015-2016 | Germaniya U21 | 7 | (3) |
2017- | Germaniya | 53 | (24) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (7-may uchun) |
Werner oʻzining katta klubdagi faoliyatini 2013-yilda VfB Shtutgartda boshlagan va klubning eng yosh debyutanti va eng yosh toʻpurarga aylangan. U 2016-yilda 20 yoshida RB Leipzigga 10 million yevro evaziga transfer qilingan va bu oʻsha paytdagi rekord transferga aylangan. U Bundesligada 200 oʻyin oʻtkazgan eng yosh futbolchi sifatida rekord oʻrnatdi. Werner, shuningdek, 2019-20-yilgi mavsumda liganing ikkinchi eng koʻp gol urgan futbolchisi boʻldi. „Leipzig“ning barcha vaqtlardagi eng yaxshi toʻpurariga aylanganidan soʻng, Werner 2020-yilda „Chelse“ga 50 million yevro evaziga transfer qilindi va klubdagi birinchi mavsumidayoq UEFA Chempionlar ligasini qoʻlga kiritdi. Hujumchi 2022-yil yozgi transferlar paytida oʻzining eski klubi RB Leipzigga qaytdi. Transfer summasi 20 million yevroni tashkil etdi.
Werner Germaniya terma jamoasi safida yoshlar o‘rtasidagi xalqaro miqyosdagi musobaqada to‘purar bo‘lgan va turli yosh guruhlarida 48 ta o‘yinda 34 ta gol urgan. Werner 2017-yilda kattalar jamoasi safida debyut qildi va Germaniyaga 2017-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogida gʻalaba qozonishga yordam berdi hamda turnirning eng koʻp gol urgan futbolchisi sifatida „Oltin butsa“ni qoʻlga kiritdi. U shuningdek, 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati va UEFA Yevro-2020da Germaniya sharafini himoya qilgan.