Tolibon
From Wikipedia, the free encyclopedia
Tolibon yoki toliblar (pushtucha: طالبان — oʻquvchilar, dars oluvchilar) — 1994-yilda Afgʻoniston pushtunlari tomonidan tuzilgan islomchi, radikal, diniy-siyosiy harbiylashgan harakat.
Tolibon | |
---|---|
pushtucha: طالبان | |
Tolibon harakatining bayrogʻi | |
Mafkurasi |
Devbandiylik Panislomizm Pushtunvali Diniy millatchilik Aksilgʻarbchilik |
Etnik mansubligi | asosan pushtunlar, undan tashqari arablar, tojiklar, hazoralar, balujlar, panjobilar va b. |
Diniy mansubligi | islom, sunniylik, hanafiylik mazhabi |
Shiori | Allohdan oʻzga iloh yoʻqdir, Muhammad uning elchisidir |
Liderlari |
Axtar Mansur[1]† Haybatulloh Oxundzoda Abdul Gʻani Barodar |
Shtab-kvartirasi |
Afgʻoniston Pokiston Qatar (avval) |
Faoliyat hududi |
Afgʻoniston Pokiston |
Tuzilgan vaqti | 1994-yil |
Hamkorlari |
Al-Qoida (2020-yilgacha) |
Dushmanlari |
Davlatlar va davlat tashkilotlari |
Ishtirok etgan nizolari |
Afgʻonistondagi fuqarolar urushi (1992—1996) |
Sayti | alemarahenglish.af |
1996—2001-yillarda Afgʻonistonni („Afgʻoniston Islom Amirligi“) hamda 2004-yildan Pokistonning shimoliy qismidagi Vaziriston hududini boshqargan. 2001-yil Afgʻonistonga AQSh harbiylari kirib kelishi ortidan „Tolibon“ hokimiyatiga chek qoʻyilgandi. 2021-yil AQSh harbiylari Afgʻonistondan chiqib ketishi oqibatida keng koʻlamli hujumlar uyushtirgan va 2021-yil 15-avgustdan buyon Afgʻonistonni boshqarayotgan[14] (Afgʻoniston islom amirligi[15]) islomchilik harakati. Toliblar boshqaruvidagi Afgʻoniston islom amirligi (1996—2001) oʻz vaqtida Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni va Pokiston tomonidan rasman tan olingan[16]. 2003-yildan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik Kengashi tomonidan terroristik tashkilotlar roʻyxatiga kiritilgan[17].
2021-yil bahorda AQSh harbiy kuchlari Afgʻonistondan chiqarilishi eʼlon qilinganidan soʻng „Tolibon“ harakati birin-ketin hujumlar uyushtirib, Afgʻoniston hududlarini egallab bordi. Avgust oyida Afgʻoniston hududining katta qismi „Tolibon“ qoʻl ostida qoldi, 15-avgustda „Tolibon“ poytaxt Kobulni egalladi, prezident Ashraf Gʻani mamlakatdan qochishga majbur boʻldi. Shu kuni „Tolibon“ butun mamlakatni boshqarayotganini eʼlon qildi va avvalgi hukumat aʼzolarini taʼqib qilmasligini hamda hech kimni mamlakatdan chiqib ketishiga toʻsqinlik qilmasligini aytdi.