VY Katta it yulduzi
From Wikipedia, the free encyclopedia
VY Katta it yulduzi (lotincha: VY Canis Majoris., VY CMa) kislorodga juda boy qizil gipergigant, qizil supergigant,pulsatsiyalanuvchi oʻzgaruvchan yulduzdir. U Yerdan 1,2 kilo parsek (3900 yorugʻlik yili) uzoqlikda Canis Major yulduz turkumida joylashgan. Bu radius boʻyicha maʼlum boʻlgan eng katta, eng yorqin va eng massiv qizil supergigantlardan biridir. U shuningdek, Somon yoʻli gallaktikasidagi eng yorqin yulduzlardan sanaladi.
VY CMa radiusi Quyosh radiusidan (R☉) taxminan 1420 marta katta. Bu kattalik Xayasinikiga teng. Hajmi boʻyicha Quyoshdan taxminan 3 milliard marta katta. Agar VY CMa Quyosh tizimiga joylashtirilganida edi u Yupiter orbitasidan tashqariga chiqib ketgan boʻlardi. Hozirda ham uning radius hisoblari boʻyicha turli fikrlar mavjud boʻlsada, baʼzilari Saturn orbitasidan kattaroq degan farazni ilgari surishadi.
Yulduzning massasi 17 ± 8 Quyosh massasi deb baholanadi, bu nihoyatda kichik oʻrtacha zichlikni koʻrsatadi. Yaʼni, 0,000005-0,00001 kg/m³ (taqqoslash uchun 0 °C da havo zichligi 1,2929 kg/m³). Yulduzning bir kub kilometri taxminan 5-10tonna massaga ega.
Yulduzning xususiyatlari haqida qarama-qarshi maʼlumotlar. Baʼzi natijalar u yulduz juda katta qizil gipergigant[1] ligini koʻrsatadi. Boshqalarning taʼkidlashicha, bu eng oddiy qizil supergigant boʻlib, diametri quyoshdan atigi 600 baravar katta, 2000 emas. Bunday holda, u yanada kengayib boradi[2].