AFC U-20 Ayollar Osiyo kubogi
From Wikipedia, the free encyclopedia
OFK U-20 ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi — Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) tomonidan 20 yoshgacha boʻlgan ayollar terma jamoalari oʻrtasidagi assotsiatsiya futbol turniri. U Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan har ikki yilda bir marta tashkil etiladi va FIFA U-20 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga saralash musobaqasi sifatida xizmat qiladi. U birinchi marta 2002-yilda 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionati sifatida oʻtkazilgan. 2022-yilgi musoboqadan boshlab yosh chegarasi 20 ga koʻtarildi.[1] Bundan tashqari, turnir „Osiyo U-19 ayollar chempionati“dan „AFC U-20 ayollar Osiyo kubogi“ga oʻzgartiriladi.[2]
AFC U20 Women's logo.svg | |
Asos solindi | 2002 (22 yil avval) (2002) |
---|---|
Hudud | Asia |
Jamoalar soni | 8 |
Hozirgi chempionlar | Yaponiya (6th title) |
Eng muvaffaqiyatli jamoa(lar) | Yaponiya (6 titles) |
AFC U-20 ayollar Osiyo kubogi 2024 |
Amaldagi chempion 2019-yilgi finalda Shimoliy Koreya ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozongan Yaponiya hisoblanadi. Yaponiya ham olti marta gʻalaba qozongan turnirdagi eng muvaffaqiyatli jamoa hisoblanadi.