Abdurauf Fitrat
oʻzbek tarixchisi, filolog, tarjimon, yozuvchi, dramaturg va shoir (1886–1938) / From Wikipedia, the free encyclopedia
Abdurauf Fitrat (1886, Buxoro shahri, Buxoro amirligi — 4-oktabr, 1938, Toshkent shahri, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek tarixchisi, filolog, tarjimon, yozuvchi, dramaturg va shoir, zamonaviy oʻzbek tili va adabiyoti asoschilaridan biri, Oʻrta Osiyo jadidchiligining taniqli vakili, birinchi oʻzbek professori (1926)[1]. Jadidchilik milliy maʼrifatparvarlik harakatining tarafdori. Turkiyada taʼlim olgan. Inqilobga qadar Oʻrta Osiyoni Rossiyadan ozod qilinishi harakatlarida faol qatnashgan, politsiya nazorati ostida boʻlgan. Turkiyadagi „Yosh turklar“ harakatidan ilhomlanib, Buxoroda „Yosh buxoroliklar“ partiyasini tuzgan, uning maʼnaviy rahnamosiga aylangan. Doʻsti va maslakdoshi Munzim bilan hamkorlikda buxorolik 70 nafar yosh turkistonliklarni Germaniyaning bir qator oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga yuborgan (1922)[2].
Abdurauf Abdurahmon oʻgʻli Fitrat | |
---|---|
Tavalludi |
1885 Buxoro shahri, Buxoro amirligi |
Vafoti | 5-oktyabr 1938 Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi |
Buxoro amirligi, SSSR |
Millati | oʻzbek |
Mukofotlari |
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti (vafotidan keyin) (1991-yil 25-sentabr), |
Abdurauf Fitratning imzosi |