Adidas
From Wikipedia, the free encyclopedia
Adidas AG (Adidas deb talaffuz qilinadi) – dunyoga mashhur sport mahsulotlari ishlab chiqaruvchi nemis kompaniyasi. Bosh ofisi Germaniyaning Herzogenaurach shahrida joylashgan. Kompaniyaning bosh direktori – Gerbert Hayner. Hozirgi vaqtda kompaniya Adidas, Reebok, Rockport, Y-3, RBK & CCM Hockey, shuningdek, Taylor-Made Golf kompaniyalari mahsulotlarini mijozlarga yetkazib berish xizmati bilan shugʻullanadi[4]. Kompaniyaga Adolf Dassler tomonidan onasining uyida asos solingan; 1924-yilda akasi Rudolf bilan birgalikda Aka-uka Dassler oyoq kiyim fabrikasi nomi bilan nomlashgandi. Dasslerlar koʻplab sport turlari uchun moʻjallangan temir tishli oyoq kiyimlar ishlab chiqish va rivojlantirishga hissa qoʻshishdi. Sport oyoq kiyimlari sifatini oshirish maqsadida Adolf oldingi ogʻir boʻlgan temir tishlar oʻrniga qayta ishlanuvchi rezina va charmdan foydalandi. Dassler AQShlik sprentir Jasse Owensni 1936-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida shaxsan oʻzi tayyorlagan butsilardan foydalanishga koʻndirgan. 1949-yilda ikki aka-uka oʻrtasidagi kelishmovchilik tufayli Adolf Adidasni yaratadi, Rudolf esa Adidasga raqobatchi boʻluvchi Pumani.
Turi | biznes, ommaviy kompaniya va Local Internet registry[1] |
---|---|
Xizmatlari | Ommabop kompaniya |
Shiori | (inglizcha: Impossible is nothing) |
Qachon asos solingan | 1924 |
Joylashuvi | Herzogenaurach, Germaniya |
Asoschi(lari) | Adolf Dassler |
Rahbariyat | Gerbert Hayner, Bosh direktor |
Mahsulot(lar)i | sport mahsulotlar |
Daromadi | €1.070 mlrd. (2010) [2] |
Aylanma daromadi | € 10,799 mlrd. (2008)[2] |
Operatsion foydasi | 313 000 000[3] |
Boyligi | 18 020 000 000[3] |
Sof foydasi | €1.79 mlrd. (2010) [2] |
Ishchilar soni | 38.9 ming kishi (2008) |
Vebsayti | adidas.com |