Al Ain FC
Birlashgan Arab Amirliklarining futbol klubi / From Wikipedia, the free encyclopedia
Al-Ayn (arabcha: ; talaffuzi Nadi al Ayn) — Al-Ayn shahridagi Amirlik professional futbol klubi. 1968 yilda tuzilgan. Uy uchrashuvlarini ikkita arenadan birida: „Shayx Xalifa xalqaro stadioni“ yoki „Tahnun Bin Mohamed Stadioni“da oʻtkazadi. U hozirda BAAdagi yagona professional liga boʻlgan BAA Pro Ligasida oʻynaydi.
Al Ain FC نادي العين | |||
Toʻliq nomi | Al Ain Football Club نادي العين لكرة القدم | ||
Laqabi | Al Zaeem (The Boss) | ||
Asos solingan | 1968-yil | ||
Stadion | Hazza Bin Zayed | ||
Murabbiyi | UKR Aleksandr Rebrov | ||
Vebsayt | http://alainclub.ae/ | ||
Musobaqasi | BAA Pro ligasi | ||
2022/23 | 2 | ||
|
Klub 1968-yilda Al-Ayn Jamoa oʻyinchilari, Bahraynlik talabalar almashinuv guruhi aʼzolari va Birlashgan Arab Amirliklarida ishlaydigan Sudan jamoasi tomonidan tashkil etilgan.[1] Jamoa tezda butun mamlakat boʻylab mashhurlik va eʼtirofga erishdi va eng koʻp sovrin (jami 34 ta) olgan jamoaga aylandi[2].
Al Ayn hozirgacha BAAdagi futbol rekordlari eng muvaffaqiyatli klub hisoblanadi.[3] “Al-Ayn” 14 marotoba BAA Pro-ligasida, 7 marta Prezident kubogi, 5 ta Superkubogi, 3 ta Federatsiya kubogi, ikkita Liga kubogi, ikkita Abu-Dabi chempionati, Koʻrfaz klublari chempionlari kubogi va OFK Chempionlar Ligasi sohibi boʻldi[4]. Klub OChLda gʻolib chiqqan BAAning birinchi va yagona jamoasi hisoblanadi.[5]