Axolotl
From Wikipedia, the free encyclopedia
Aksolotl – amfibiyalar oilasiga tegishli hisoblanib, ular orasida gʻayrioddiyligi bilan ajralib turadi, chunki u metamorfozga uchramasdan balogʻat yoshiga etadi. Yer yuzasiga chiqish oʻrniga, ulgʻaygan axolotllar suvda qoladilar. Ushbu tur dastlab hozirgi Mexiko shahri ostidagi bir nechta koʻllarda topilgan, masalan , Xochimilko va Chalko koʻli. [1] Bu koʻllar Azteklar imperiyasi bosqinidan soʻng ispan koʻchmanchilari tomonidan quritilgan va bu aksolotlning tabiiy yashash joylarining koʻp qismini yoʻq boʻlishiga olib kelgan.
Axolotl | |
---|---|
In the National Aquarium in Washington, D.C. | |
Conservation status | |
Scientific classification | |
Domain: | Eukaryota |
Kingdom: | Animalia |
Phylum: | Chordata |
Class: | Amphibia |
Order: | Urodela |
Family: | Ambystomatidae |
Genus: | Ambystoma |
Species: | A. mexicanum |
Binomial name | |
Ambystoma mexicanum (Shaw and Nodder, 1798) | |
Its distribution is marked in red. | |
Synonyms | |
|
2020-yil holatiga koʻra, aksolotl deyarli qirilib ketish arafasida edi. Buning sababi Mexico shahrining urbanizatsiyasi deb hisoblanadi. Xalqaro qizil kitobga „kuchli havf ostida“gi hayvonlar turkimiga kiritlgan. Yovvoyi tabiatda 50-1000 atrofida yashayotgan axolotllar hisbolangan.
Aksolotl goʻshtxoʻr boʻlib, tabiatda mollyuskalar, [3] qurtlar, hasharotlar, boshqa artropodlar [3] va mayda baliqlar kabi mayda oʻljalarni isteʼmol qiladi. Axolotllar ovqatni hidga qarab aniqlaydilar.
Aksolotllarning oʻziga xos xususiyatlaridan biri ularning oʻz tana azolarini tiklay olishidir. Ular nafaqat oyoq, qoʻl, dum, balki hatto yurak va miyaning bir qismini ham qayta tiklashga qodir hisoblanadi.