Bandy
From Wikipedia, the free encyclopedia
Bandy – qishki sport turi. Ikkita jamoa katta muz maydonida konki kiyib, tayoqlardan foydalangan holda, toʻpni raqib jamoa darvozasiga yoʻnaltirishi kerak boʻladi[2]. Oʻyin maydonchasining uzunligi 90-110 metr, eni esa 45-65 metrga teng boʻlgan muz qatlamidan iborat. Maydon odatda xokkey oʻyini maydonchalaridan katta lekin futbol maydonidan biroz kichik. Bu sport xokkeyning bir turi hisoblanadi va futbol assotsiatsiyasi, xokkey, shina va chim ustidagi xokkey bilan umumiy oʻxshashlikka ega. Bandyning kelib chiqishi toʻgʻrisida aniq maʼlumotlar mabjud emas, ammo uning birinchi qoidalari 1882-yilda Angliyada tashkil etilgan va nashr etilgan. Xalqaro miqyosda bandyning erkaklar va ayollar oʻrtasidagi eng kuchli davlatlari Shvetsiya va Rossiya. Ikkala mamlakatlarda ham erkaklar oʻrtasida professional bandy ligalari tashkil etilgan. Hisob-kitoblarga koʻra, Rossiyada bir milliondan ortiq kishi bandy sporti bilan shugʻullanadi. Finlandiya, Norvegiya va Qozogʻiston davlatlarida ham Bandy sport turining oʻyinchilari va muxlislari bor. 1890-yildan 1955-yilgacha bandy uchun boshqaruv organi mavjud emas edi. 1955-yil fevral oyida Xalqaro bandy federatsiyasi (FIB) tashkil qilindi. 2001-yilda bandy sporti Xalqaro Olimpiada Qoʻmitasi (XOQ) tomonidan sport turi sifatida tan olingan[3] . Xalqaro Olimpiada Qoʻmitasi tomonidan Bandy va Rink bandy (kichik maydonda oʻynaladi) sporti tan olingan. Xalqaro Bandy Federatsiyasi bandy sportini xokkeydan keyingi dunyoda eng koʻp ishtirok etuvchilariga ega boʻlgan qishki sport turi ekanligini taʼkidladi[4][5][6], ammo bu ishtirokchilarning qanchasi erkak va qanchasi ayol ekanligi qayd etilmagan.
Swedishdagi ayollar Chempionati, 2015-yil | |
Qachondan beri | 1882-yil, 141 yil avval |
---|---|
Xarakteristikalari | |
Turkum | Jamoaviy sport o'yini[1] |
Anjom |
|
Mintaqa | Angliya, Buyuk Britaniya |