Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ijtimoiy rivojlanish komissiyasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Ijtimoiy rivojlanish komissiyasi (CSocD) 1946-yildan beri Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi (ECOSOC) tomonidan tashkil etilgan sakkizta funksional komissiyalardan biri boʻlib, unga maslahat berish va oʻz ishini bajarishda yordam beradi[1].
Qisqartma | CSocD |
---|---|
Turi | Hukumatlararo tashkilot, Nazorat qiluvchi organ, Maslahat kengashi |
Maqomi | Faol |
Ishga tushgan sanasi | 1946-yil 16-fevral |
Joylashuvi | Nyu York, AQSh |
Bosh kotib |
BMT Ijtimoiy rivojlanish komissiyasi raisi Nikulas Xannigan |
Oʻziga tegishli tashkilotlar | Birlashgan millatlar tashkilotining iqtisodiy va ijtimoiy kengashi |
Vebsayti | CSocD at un.org |
Ijtimoiy rivojlanish komissiyasi EKOSOS tomonidan saylangan 46 aʼzodan iborat.
1995-yilda Kopengagenda Ijtimoiy rivojlanish boʻyicha Butunjahon sammiti chaqirilgandan beri komissiya Kopengagen deklaratsiyasi va Harakatlar dasturini kuzatish va amalga oshirish uchun mas’ul boʻlgan BMTning asosiy organi hisoblanadi. Sammit yakunlari boʻyicha komissiyaning vakolatlari koʻrib chiqildi va uning aʼzolari 1996-yildagi 32 tadan 46 tagacha kengaytirildi. Tashkilot aʼzolari yiliga bir marta Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida, odatda fevral oyida taxminan ikki hafta davomida yigʻiladi. 2020-yilda Komissiya ijtimoiy rivojlanish boʻyicha Kopengagen deklaratsiyasining 25 yilligini va komissiyaning 75 yilligini nishonladi[2].
1995-yildan beri har yili komissiya Kopengagen sammiti natijalarini kuzatish doirasida ijtimoiy rivojlanishning asosiy mavzularini koʻrib chiqadi. 1996-yilda „qashshoqlikni bartaraf etish boʻyicha strategiya va harakatlar“[3] ustuvor mavzu boʻlgan boʻlsa, yaqinda 2020-yilda „Uy-joysizlikni bartaraf etish uchun hamma uchun arzon uy-joy va ijtimoiy himoya tizimlari“ ustuvor mavzu boʻlgan[4].