Camillo Golgi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Camillo Golgi (1844.7.7, Korteno — 1926.21.1, Paviya) — italiyalik gistolog. Paviya universiteti professor (1875-yildan). Nerv toʻqimasining mikroskopik preparatlarini xrom-kumush usulida tayyorlash metodini ishlab chiqqan (1873). 1898-yilda nerv sistemasi hujayralarini oʻrganish asosida maxsus toʻrsimon organoid mavjudligini isbotlab bergan. Keyinchalik hujayraning bu organoidi Golji kompleksi deb atala boshlandi. Nobel mukofoti laureati (Ramoni-Kaxal bilan hamkorlikda, 1906).[2]