Christine de Pizan
From Wikipedia, the free encyclopedia
Christine de Pizan yoki Pisan (fransuzcha talaffuzi: [kʁistin də pizɑ̃] ( tinglang); oʻzbekcha: Pizalik Kristina; 1364-yil sentyabr — taxminan 1430), Fransiya qiroli Charles VI va bir qancha fransuz gersoglarining saroyida xizmat qilgan shoira va yozuvchi. Kelib chiqishi italyan.
Christine de Pizan | |
---|---|
Tavalludi |
1364-yil sentabr Venetsiya Respublikasi |
Vafoti | tax. 1430-yil |
Kasbi | yozuvchi |
Turmush oʻrtogʻi | Etienne du Castel |
Bolalari | Jean du Castel |
Christine de Pizan erining vafotidan keyin Fransuz qirollari huzurida yozuvchi, shoira sifatida faoliyat yuritgan. Christinening homiylari Orlean gersoglari Louis I, Burgundiyalik Philip Bold va uning oʻgʻli John Fearlesslar (oʻzbekcha: Qoʻrqmas Jon) edi. Uning romanlari, sheʼrlar va tarjimayi hollari eng qadimgi feministik asarlar hisoblanadi. Bundan tashqari u adabiy, tarixiy, falsafiy, siyosiy va diniy sharhlar va tahlillarni ham yozgan[1][2][3]. Uning eng mashhur asarlari "The Book of the City of Ladies" va "The Treasure of the City of Ladies" boʻlib, ikkalasi ham John Fearless uchun yozilgan. Christinening zodagonlar uchun yozilgan maslahat kitoblari XVI asrgacha nashr etilgan.
Oʻtgan oʻn yilliklarda Christinening asarlari olimlar Charity Cannon Willard, Earl Jeffrey Richards, Suzanne Solente, Mathilde Laigle va Marie-Josephe Pinetning saʼy-harakatlari bilan yana mashhurlik pogʻonasini egallagan.