ExxonMobil
From Wikipedia, the free encyclopedia
ExxonMobil Korporatsiyasi (odatda, Exxon[4][5] deb qisqartiriladi) – Amerikaning koʻp millatli neft va gaz korporatsiyasi va Jon D.Rokfellerga tegishli Standard Oil kompaniyasining eng yirik avlodi. 1999-yilda Exxon va Mobil kompaniyalari qoʻshilishi natijasida oʻzining hozirgi nomini olgan boʻlib, u butun neft va gaz sanoati boʻylab vertikal ravishda birlashtirilgan hamda uning tarkibida plastmassa, sintetik kauchuk va boshqa kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqaradigan kimyoviy boʻlinma ham faoliyat yuritadi. ExxonMobil shtab-kvartirasi Xyustonning Spring chekkasida, Texas shtatida joylashgan boʻlsa-da, rasmiy ravishda Nyu-Jersi shtatida faoliyat olib boradi[6][2].
Turi | Ommaviy |
---|---|
Sanoat | Energetika: neft va gaz |
Ishga tushgan sanasi | 5-avgust, 1882-yil (141 yil avval) (1882-08-05), Nyu-Jersidagi Standard Oil sifatida[1] |
Joylashuvi | AQSh |
Hududiy xizmati | Dunyo boʻylab |
Asoschi(lar)i |
1911-yilda AQSh Oliy sudi tomonidan Standard Oil kompaniyasidan ajratilgan; 1999-yilda Mobil bilan birlashdi va hozirgi nomini oldi |
Direktori | Darren Woods |
Bosh mahkamasi | Spring, Texas, AQSh |
Daromad | 413,68 milliard AQSh dollari (2022)[2] |
Operatsion foyda | 77,753 milliard AQSh dollari (2022)[2] |
Toza foyda | 55,740 milliard AQSh dollari (2022)[2] |
Ishchilar soni | 62 300 kishi (2022) |
Oʻziga tegishli tashkilotlar |
|
Vebsayti | corporate.exxonmobil.com[3] |
Nyu-Jersidagi Standard Oil kompaniyasidan (yoki qisqacha Jersey Standard) tashkil topgan boʻlib, u parchalanishidan oldin barcha Standard Oilni samarali nazorat qilgan korporativ tashkilotdir. Jersey Standard yana bir Standard Oil avlodi va uning boʻlajak qoʻshilish hamkori Nyu-Yorkdagi Standard Oil Company (Socony) bilan birga hamda keng hamkorlikda oʻsdi. Ularning ikkalasi ham Humble Oil (Jersey Standard bilan birlashgan) singari boshqa uchinchi kompaniya bilan qoʻshilish natijasida kattalashdi. Ikkala kompaniya ham 1960-yillarda va 1970-yillarning boshlarida rebrendingdan oʻtdi. 1999-yilda birlashish vaqtida Jersey Standard Exxon nomi bilan, Socony esa Mobil nomi bilan tanildi. Exxon va Mobil oʻrtasidagi qoʻshilish kelishuvida Exxon Mobilni sotib olishi va ExxonMobil nomini oʻzgartirishi, Mobil kompaniyasining bosh direktori kompaniya raisining oʻrinbosari boʻlishi kerak edi[7].
ExxonMobil dunyodagi eng yirik va kuchli kompaniyalardan biridir. ExxonMobil birlashganidan buyon daromadlari boʻyicha birinchi oʻrindan oʻninchi oʻrindagi yirik kompaniyaga aylanib qoldi va har qanday kompaniya ichida eng katta bozor kapitallashuviga erishdi[8][9]. 2023-yil holatiga koʻra, Fortune 500da eʼlon qilingan eng soʻnggi reytingda ExxonMobil Fortune Global 500[10] reytingida uchinchi va oʻn ikkinchi oʻrinni egallagan[11]. ExxonMobil dunyodagi eng yirik investorga tegishli neft kompaniyasi, shtab-kvartirasi Gʻarb dunyosida joylashgan eng yirik neft kompaniyasi va ishlab chiqarish hamda bozor qiymati boʻyicha Big Oil kompaniyalarining eng yirigi hisoblanadi[12][13]. 2016-yil oxirida ExxonMobilning zaxiralari 20 milliard BOE (neft barrelining ekvivalenti)ni tashkil etdi va 2007-yildagi ishlab chiqarish sur’atlari 14 yildan ortiq davom etishi kutilmoqda[14]. 4,9 million barrel (780 000 m³) sutkalik umumiy qayta ishlash quvvatiga ega boʻlgan 21 ta neftni qayta ishlash zavodi bilan ExxonMobil dunyodagi ikkinchi yirik neftni qayta ishlash zavodi hisoblanadi. U Sinopec kompaniyasidan keyingi oʻrinda turadi[15]. Kompaniya aksiyalarining taxminan 55,56 foizi muassasalarga tegishli boʻlib, ularning 2019-yil holatiga koʻra eng yiriklari The Vanguard Group (8,15%), BlackRock (6,61%) va State Street Corporation (4,83%) edi.