FIFA Jahon Chempionati 2022
From Wikipedia, the free encyclopedia
2022-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionati (arabcha: , inglizcha: 2022 FIFA World Cup) 2022-yilda Qatar maydonlarida oʻtkaziladigan Futbol boʻyicha jahon chempionati tartib boʻyichi 22-turnir hisoblanadi. Ushbu musobaqa 2022-yilning 20-noyabridan 18-dekabriga qadar oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Bu arab dunyosida oʻtkaziladigan birinchi jahon chempionati hisoblanadi[2]. Bundan tashqari 2002-yilda Janubiy Koreya va Yaponiyada oʻtkazilgan turnirdan keyin Osiyoda oʻtkazilgan ikkinchi Jahon chempionati boʻladi. Ushbu turnir 32 ta jamoa ishtirokidagi oxirgi jahon chempionati boʻlib, 2026-yilda AQSh, Meksika va Kanadada oʻtkaziladigan 23- turnirda ishtirokchilar soni 48 taga koʻpayishi rejalashtirilgan. Qatarda yoz jazirama issiq boʻlganligi sababli, bu jahon chempionati noyabr oyining oxiridan dekabr oyining oʻrtalariga qadar oʻtkaziladi, bu esa may, iyun yoki iyul oylarida oʻtkazilmaydigan birinchi turnir hisoblanadi[3]. Turnirdagi dastlabki oʻyin Al-Xordagi Al Bayt stadionida Qatar va Ekvador terma jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtadi. Final oʻyini 2022-yilning 18-dekabrida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Jahon chempionatining amaldagi chempioni Fransiya terma jamoasi[4].
كأس العالم لكرة القدم 2022 Kaʾs al-ʿālam li-kurat al-qadam 2022 | |
---|---|
الآن هو كل شيء Al-ʾāna huwa kullu šayʾ "Now Is All" "Hozir hammasi" (Endi boʻldi)[1] | |
Umumiy maʼlumotlar | |
Mezbon davlat | Qatar |
Sana | 20-noyabr – 18-dekabr |
Jamoalar | 32 (5 ta konfederatsiyadans) |
Bellashuv joylari | 8 (5 ta shaharda) |
Yakuniy natijalar | |
Chempionlar | Argentina |
2-oʻrin | Fransiya |
3-oʻrin | Xorvatiya |
4-oʻrin | Marokash |
Statistika | |
Oʻyinlar soni | 59 |
Gollar soni | 155 (har oʻyinda oʻrtacha 2.63 ta) |
Muxlislar soni | 2 868 668 (har oʻyinda oʻrtacha 48 621 ta) |
Toʻpurar(lar) | Kylian Mbappé (8 ta gol) |
← 2018 2026 → |
2011-yilning may oyida FIFAda faoliyat yuritadigan mansabdor shaxslarida Qatar qanday qilib jahon chempionatini oʻtkazish huquqini qoʻlga kiritgani bilan bogʻliq savollar paydo boʻlgan. FIFAning ichki tekshiruvi jahon chempionatini oʻtkazish huquqi Qatar davlatiga berilishida xech qanday korrupsion holat aniqlanmaganini eʼlon qilgan[5]. 2015-yilning 27-mayida Shveysariya federal prokurorlari 2018 va 2022-yilgi jahon chempionatlarini oʻtkazish uchun arizalar bilan bogʻliq korrupsion holatlari boʻyicha tergov boshlagan[6][7]. 2018-yil 6-avgust kuni FIFAning sobiq prezidenti Zepp Blatter Qatar „qora amaliyot“ qoʻllaganini daʼvo qilib, taklif qoʻmitasi mezbonlik huquqini qoʻlga kiritish uchun aldaganini taxmin qildi.[8]
Bundan tashqari, Qatar Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrishda ishtirok etgan chet ellik ishchilarga nisbatan munosabati tufayli qattiq tanqidga uchradi[9][10]. The Guardian gazetasi tomonidan olib borilgan tergovga koʻra, koʻplab ishchilarga oziq-ovqat va suv berilmagan, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar olib qoʻyilgan va ularga oʻz vaqtida yoki umuman ish haqi berilmagan[11].