FIFA Jahon chempionati 2014 finali
From Wikipedia, the free encyclopedia
FIFA Jahon chempionati 2014 finali 2014-yil 13-iyul kuni Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahridagi Maracanã stadionida boʻlib oʻtadi, ushbu final oʻyinida FIFA Jahon chempionati 2014 musobaqasining gʻolibi aniqlanadi.[2][3]
Lukas Podolski jahon chempionati kubogini koʻtarmoqda. | |||||||
Musobaqa | FIFA Jahon chempionati 2014 | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
Qoʻshimcha taymdan keyin | |||||||
Sana | 13-iyul 2014 | ||||||
Maydon | Maracanã stadioni, Rio-de-Janeyro | ||||||
Oʻyin qahramoni | Mario Götze (Olmoniya) | ||||||
Hakam | Nicola Rizzoli (Italiya) | ||||||
Tomoshabinlar | 74,738 | ||||||
Ob-havo |
Qisman bulutli 23 °C (73 °F) 65% namlik[1] | ||||||
← 2010 2018 → |
Final Olmoniya va Argentina milliy terma jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtadi. 1986 va 1990-yilgi jahon chempionatlaridan keyin, ushbu oʻyin jahon chempionatlari tarixida, bu ikki jamoa oʻrtasidagi 3-final uchrashuvidir.
Oʻyindan oldin, Olmoniya 7 marta jahon chempionatlari finaligacha yetib kelgan (shulardan 6tasida 1954-yildan 1990-yilgacha Gʻarbiy Olmoniya nomi ostida oʻynagan), shulardan, 3ta finalda yutgan (1954, 1974 va 1990-yillari) 4ta finalda yutqazib kumush medallar sohibiga aylangan (1966, 1982, 1986 va 2002-yillari). Argentina esa, 4 marta finalga chiqib, shulardan, 2tasida gʻalaba qozonib (1978 va 1986-yillari), 2tasida magʻlub boʻlgan (1930 va 1990-yillari). Final uchrashuvining asosiy vaqti 0-0 hisobida yakunlandi va qoʻshimcha taymda burchakdan André Schürrle uzatgan topni, Mario Götze koʻkragi bilan toʻxtatib, havolatib bir zarbada darvozaga joylab qoʻydi.
Ushbu gʻalaba Olmoniyaning toʻrtinchi, Gʻarbiy va Sharqiy Olmoniya birlashganidan keyingi birinchi va Yevropa qitʼasidan tashqarida olgan ilk jahon chempionati kubogidir. Olmoniyaning gʻalabasidan keyin, soʼnggi 3 ta jahon chempionati faqat Yevropa vakillari yutib kelinmoqda, shuningdek Yevropa vakilining ilk bora Janubiy Amerika zaminida jahon kubogini yutishidir. Miroslav Klose ushbu chempionatda urgan gollari bilan, umumiy jahon chempionatlarida urgan gollari hisobi bilan 7 ta gol bilan jahon chempionati rekordini oʻrnatdi. Shuningdek, u 3ta jahon chempionatida ishtirok etgan 7ta futbolchining biriga aylandi.