FIFA Jahon chempionati 2014 pley-off bosqichi
From Wikipedia, the free encyclopedia
FIFA Jahon chempionati 2014 pley-off bosqichi musobaqaning guruh bosqichidan keyingi, ikkinchi va final bosqichidir. Ushbu bosqich 28-iyunda nimchorak final uchrashuvi bilan boshlanib, 13-iyulda oxirgi final uchrashuvi bilan yakunlanadi, final uchrashuvi Rio-de-Janeyrodagi Maracanã stadionida boʻlib oʻtadi. Har bir guruhning 1 va 2-oʻrinini olgan terma jamoalar (jaʼmi 16ta) pley-off bosqichida olimpiada sistemasi boʻyicha kuch sinashishadi. Yarim finalda magʻlub boʻlgan ikki jamoa 3-oʻrin uchun bellashadi.[1][2]
Pley-off bosqichda uchrashuvlar (shuningdek, final) asosiy 90 daqiqada hisob teng boʻlsa, qoʻshimcha yana 15 daqiqadan 2 taym jami 30 daqiqa qoʻshimcha vaqt beradi. Agar oʻshanda ham hisob ochilmasa, jamoalar penaltilar seriyasini amalga oshirishi orqali gʻolib jamoani aniqlab oladilar.[2][3]
Quyidagi oʻyin vaqtlari Braziliya mahalliy vaqti boʻyicha yozilgan (UTC−3).