Faust (Goethe)
From Wikipedia, the free encyclopedia
„Faust“ olmon shoiri Johann Wolfgang von Goethe qalamiga mansub tragik pyesadir. Mazkur pyesa Goethening shoh asari boʻlib, olmon adabiyotining eng kuchli va taʼsirli asarlaridan biri hisoblanadi[1].
Goethe „Faust“ pyesasini yozishni 1772- va 1775-yillar oraligʻida boshlagan. Avvalboshda pyesa „Urfaust“ deb nomlangan. Goethe pyesaning birinchi qismini 1806-yilda, ikkinchi qismini esa 1831-yilda yozib tugatgan.