Guliston tumani
From Wikipedia, the free encyclopedia
Guliston tumani — Sirdaryo viloyatidagi tuman. 1952-yil 16-aprelda tashkil etilgan. Viloyatning Sirdaryo, Boyovut, Sayxunobod, Mirzaobod, Sharof Rashidov tumanlari, Toshkent viloyatining Bekobod tumani bilan chegaradosh. Maydon 0,35 ming km2. Aholisi 50,1 ming kishi (2000). Guliston tumanida 1 shaharcha (Dehqonobod), 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Beshbuloq, Zarbdor, Koʻnchi, Oltintepa, Oltin Oʻrda, Soibobod, Sohilobod, Chortoq, Humo) bor. Markazi — Dehqonobod shaharchasi.[1]
Qisqa faktlar tuman, Tarkibida ...
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Sirdaryo viloyati |
Maʼmuriy markazi | Dehqonobod |
Rasmiy tillar | Oʻzbek |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Xaritada | |
Yopish