INaturalist
From Wikipedia, the free encyclopedia
iNaturalist – tabiatni sevuvchilar va biolog olimlar uchun ijtimoiy tarmoq boʻlib, Yerning biologik xilma-xilligi boʻyicha kuzatuvlarni xaritalash va hisobot berish gʻoyasiga asoslangan. Ikkita mobil ilovaga ega – biri ijtimoiy tarmoq aʼzolari uchun, ikkinchisi hayvon va oʻsimlikni aniqlashni istaganlar uchun[1][2].
iNaturalist | |
---|---|
Tijoratmi | nojirat tashkilot |
Sayt turi | jamiyat ilmi |
Qaysi tillarda | 37 til |
Muassisi | Kaliforniya fanlar akademiyasi, Milliy geografik jamiyat |
URL | inaturalist.org |
2021-yil iyun holatiga koʻra, ijtimoiy tarmoq butun dunyo boʻylab oʻsimliklar, hayvonlar, zamburugʻlar va boshqa tirik organizmlarning 80 milliondan ortiq kuzatuvlarini va 300 mingdan ortiq faol foydalanuvchilarni roʻyxatga olgan[3]. Loyiha „mobil ilovalar orasida real tarix uchun standart tashuvchi“ deb nomlangan[4].
iNaturalist ilmiy loyiha emas, balki ilmiy maʼlumotlarni toʻplash va biologik xilma-xillikni saqlash uchun yaratilgan platformadir. Yigʻilgan kuzatishlar ochiq maʼlumotlar formatida taqdim etiladi[5].