Iroq milliy futbol terma jamoasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Iroq milliy futbol jamoasi (arab. منتخب العراق لكرة القدم) Iroqni sharafini xalqaro futbolda himoya qiladi va Iroq futboli boʻyicha boshqaruv organi boʻlgan Iroq Futbol Uyushmasi (IFA) tomonidan nazorat qilinadi. Iroqning uy stadioni bu Basra xalqaro stadionidir.
Tahallusi |
| |||
---|---|---|---|---|
Assotsiatsiya | Iroq Futbol Assotsiatsiya (IFA) | |||
Konfederatsiya | AFC (OSIYO) | |||
Sub-konfederatsiya | WAFF (Gʻarbiy Osiyo) | |||
Bosh murabbiy | IRQ Radhi Shenaishil | |||
Sardor | Saad Abdul-Amir | |||
Eng koʻp oʻynagan futbolchi | Younis Mahmoud (148) | |||
Eng yaxshi toʻpurar | Hussein Saeed (78) | |||
Uy stadioni | Basra xalqaro stadioni | |||
| ||||
FIFA Reytingi | ||||
Hozirgi | 70 — Avgust 2022, | |||
Eng yuqori | 39 (Oktyabr 2004,) | |||
Eng past | 139 (Iyul 1996,) | |||
Birinchi xalqaro oʻyin | ||||
Marokash 3-3 Iroq (Bayrut, Livan; 19 Oktyabr 1957) | ||||
Eng yirik gʻalaba | ||||
Iroq 13-0 Efiopiya (Irbid, Iordaniya; 18 Avgust 1992) | ||||
Eng yirik magʻlubiyat | ||||
Turkiya 7-1 Iroq (Adana, Turkiya; 6 Dekabr 1959) Braziliya 6-0 Iroq (Malmö, Shvetsiya; 11 Oktyabr 2012) Chili 6-0 Iroq (Kopengagen, Daniya; 14 Avgust 2013) | ||||
Jahon chempionati | ||||
Ishtiroki | 1 (Ilk marta 1986-yili) | |||
Eng yaxshi natijasi | Guruh bosqichi (1986) | |||
Osiyo Kubogi | ||||
Ishtiroki | 9 (Ilk marta 1972-yili) | |||
Eng yaxshi natijasi | Gʻolib (2007) | |||
Konfederatsiyalar kubogi | ||||
Ishtiroki | 1 (Ilk marta 2009-yili) | |||
Eng yaxshi natijasi | Guruh bosqichi (2009) |
Iroq 1986-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etgan, Belgiya darvozasiga gol urgan. Terma jamoa 2007-yilda ogʻir sharoitlar va cheklangan tayyorgarlikka qaramay, OFKning Osiyo Kubogida gʻalaba qozongan sakkizta OFK davlatlaridan biri hisoblanadi. Iroq musobaqaning favoritlarini, jumladan Avstraliya, Janubiy Koreya va Saudiya Arabistonini magʻlub etdi. Bu ularga 2009-yilgi FIFA Konfederatsiyalar Kubogida qatnashish huquqini berdi, jamoa ushbu turnirning guruh bosqichida ikki ochko jamgʻarishdi. 2015 yilgi Osiyo Kubogida toʻrtinchi oʻrinni egalladilar.
Iroq jamoasi oʻzining ishtiyoqli futbol muxlislari bilan mashhur va milliy terma jamoa ham Iroq xalqi uchun umid va birlik ramzi sifatida koʻriladi[1]. Jamoa 2004-yilning oktyabr oyida FIFA Jahon reytingida 39-oʻrinni egallagan holda tarixdagi eng yuqori pogʻonaga koʻtarildi va bundan oldin OFK tomonidan yilning eng yaxshi terma jamoasi va Jahon futboli boʻyicha yilning eng yaxshi jamoasi deb topilgan.