Islom Karimov
Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti / From Wikipedia, the free encyclopedia
Islom Abdugʻaniyevich Karimov (1938-yil 30-yanvar, Samarqand shahri — 2016-yil 2-sentyabr, Toshkent shahri[2]) — davlat va siyosat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti. Oʻzbekiston Qahramoni (1994). Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qoʻmondoni va 2007-yilgi prezidentlik saylovlari gʻolibi, 2015-yilgi prezidentlik saylovlari gʻolibi. Oʻzbekiston mustaqilligi eʼlon qilingunga qadar OʻzSSR kommunistik partiyasi birinchi kotibi. 1991-yildan umrining oxiriga qadar Oʻzbekiston Prezidenti. Islom Karimov boshchiligida Oʻzbekiston oʻzining Konstitutsiyasiga ega boʻldi, BMTda tan olindi va MDH davlatlari bilan teng huquqli aloqalarni olib borgan.
Vikipediyada shunday familiyali boshqa shaxslar haqida ham maqolalar mavjud, qarang: Karimov.
Qisqa faktlar Oʻzbekiston Prezidenti, Hukumat boshligʻi ...
Islom Abdugʻaniyevich Karimov | |||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻzbekiston Prezidenti | |||||||||||||||||||||||
Mansab davri 1991-yil 29-dekabr – 2016-yil 2-sentyabrgacha | |||||||||||||||||||||||
Hukumat boshligʻi |
Shukrullo Mirsaidov Abdulhoshim Mutalov Oʻtkir Sultonov Shavkat Mirziyoyev | ||||||||||||||||||||||
Oʻtmishdoshi | lavozim taʻsis etilgan; uning oʻzi OʻzSSR Prezidenti sifatida | ||||||||||||||||||||||
Vorisi |
Nigʻmatilla Yoʻldoshev (muvaqqat prezident) Shavkat Mirziyoyev (muvaqqat prezident) Shavkat Mirziyoyev | ||||||||||||||||||||||
OʻzSSR KP MQ birinchi kotibi | |||||||||||||||||||||||
Mansab davri 1989-yil 23-iyun – 1991-yil 14-sentyabrgacha | |||||||||||||||||||||||
Oʻtmishdoshi | Rafiq Nishonov | ||||||||||||||||||||||
Vorisi | lavozim tugatilgan | ||||||||||||||||||||||
Shaxsiy maʼlumotlari | |||||||||||||||||||||||
Tavalludi |
30-yanvar 1938-yil Samarqand, Oʻzbekiston SSR | ||||||||||||||||||||||
Vafoti |
2-sentyabr 2016-yil(2016-09-02) (78 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston Respublikasi | ||||||||||||||||||||||
Siyosiy partiyasi | Oʻzbekiston Liberal-Demokratik Partiyasi[1] | ||||||||||||||||||||||
Turmush oʻrtogʻi |
Natalya Kuchma (1965-1970) Tatyana Karimova (1971-yildan) | ||||||||||||||||||||||
Bolalari |
oʻgʻli: Pyotr (1966) qizlari:Gulnora Karimova (1972) Lola Karimova-Tillayeva (1978) | ||||||||||||||||||||||
Onasi | Sanobar Karimova | ||||||||||||||||||||||
Otasi | Abdugʻani Karimov | ||||||||||||||||||||||
Mukofotlari |
| ||||||||||||||||||||||
Vebsayti | http://islomkarimov.uz/ |
Yopish