Italiyada turizm
From Wikipedia, the free encyclopedia
Italiyada turizm–Italiya iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biri. Italiya milliy statistika instituti maʼlumotlariga koʻra, 2019-yilda Italiyaga 65 million sayyoh tashrif buyurgan. Bu dunyodagi eng koʻp tashrif buyuradigan 5 ta davlatdan biridir. Italiya bankining 2018-yildagi maʼlumotlariga qaraganda, turizm sohasi Italiya YaIMning 5% ulushini tashkil qiladi[4][5] .
Hozirgi vaqtda Italiyaga turistlarining qiziqishiga madaniyat, oshxona, arxitektura, sanʼat, diniy joylar, suv ustidagi shahar hamda kurortlar sabab boʻlmoqda. Alp va Apennin togʻlarida qishki va yozgi turizm, Oʻrtayer dengizi qirgʻoqlarida esa dengiz turizmi rivojlangan,[6]. Rim 2017-yilda 9,4 million turist tashrif buyurgani bilan Yevropada 3-oʻrinni, dunyoda esa 12-oʻrinni egallagan. Milan esa 6,8 million turist bilan dunyo reytingining 27-oʻrinni band qilgan[7]. Bundan tashqari Venetsiya va Florensiya shaharlari Dunyodagi eng yaxshi 10 ta manzil roʻyxatiga kiritilgan. Shuningdek, Italiya dunyoda YuNESKOning madaniy meros obʼyektlari soni eng koʻp boʻlgan davlatdir[8]. Rim imperiyasi davrida, oʻrta asrlarda va Renessansda Italiyadagi koʻplab yodgorliklar barpo qilindi[9]. Mamlakatda 4 mingdan ortiq muzeylar, 85 mingta tarixiy cherkovlar va 40 mingta tarixiy yodgorliklar mavjud. Barcha obʼyektlar Italiya Madaniyat vazirligi muhofazasiga olingan[9][10].
Italiyada 1 dan 5 yulduzgacha mehmonxonalar bor. Italiya milliy statistika instituti hisob-kitoblariga koʻra, 2017-yilda 32988 ta mehmonxonalar faoliyat olib bormoqda[11][12].