JPEG
From Wikipedia, the free encyclopedia
JPEG (/ˈdʒeɪpɛɡ/ JAY-peg)[1] raqamli tasvirlarni saqlashda yoʻqotishli zichlash usulidan foydalanadigan grafik formatdir. Joint Photographic Experts Group [en] („Fotografiya sohasidagi birlashgan ekspertlar guruhi“) tomonidan ishlab chiqilgan. JPEG jahonda eng keng tarqalgan tasvirlarni zishlash standarti[2][3] hamda eng koʻp ishlatiladigan raqamli tasvir formati hisoblanadi. JPEG formatidagi fayllar odatda „jpg“ yoki „jpeg“ kengaytmalariga ega boʻladi.