Khan Academy
2006-yilda Salman Khan tomonidan tashkil etilgan “bepul onlayn taʼlim barcha uchun va hamisha” shiori ostida faoliyat olib boruvchi nodavlat-notijorat tashkilot / From Wikipedia, the free encyclopedia
Khan Academy — Amerikaning notijorat taʼlim tashkiloti boʻlib[2], u 2006-yilda Sal Khan tomonidan talabalarni oʻqishga yordam beradigan onlayn vositalar toʻplamini yaratish maqsadida tashkil etilgan[3]. Tashkilot video shaklida qisqa darslarni tayyorlaydi[4]. Uning veb-saytida qoʻshimcha mashqlar va oʻqituvchilar uchun materiallar mavjud. Barcha manbalar veb-sayt va ilova foydalanuvchilari uchun bepul taqdim etilgan.
Khan Academy | |
---|---|
Sayt turi | 501 (c)(3) |
Qaysi tillarda | Ingliz (asosiy) |
Ochilgan sanasi | 2006 |
Alexa reytingi | ▼ 359 (Aprel 2020)[1] |
Veb-sayt va uning tarkibi asosan ingliz tilida taqdim etilgan, ammo boshqa: arab, arman, ozarbayjon, bengal, bolgar, xitoy, chex, dat, golland, fransuz, gruzin, nemis, gujarot, ibron, hind, indonez., italyan, yapon, koreys, Norveg, polyak, portugal (Braziliya va Yevropa), serb, ispan, shved, tamil, telugu, turk, urdu va oʻzbek tillarida ham mavjud.