Lamborghini
From Wikipedia, the free encyclopedia
Automobili Lamborghini SpA (italyancha talaffuzi: [autoˈmɔːbili lamborˈɡiːni]) — eng mashhur italyan avtomobil ishlab chiqaruvchilaridan biri hisoblanadi. Uning bosh qarorgohi SantʼAgata Bolonez shahrida joylashgan. U qimmat va hashamatli avtomobillardan tashqari sport avtomobillar ishlab chiqarish bilan ham shugʻullanadi. Kompaniya oʻzining shoʻba korxonasi Audi orqali Volkswagen guruhiga tegishli.
Bosh qarorgohi Sant'Agata Bolognese shahrida | |
Turi | Sho'ba korxona |
---|---|
Xizmatlari | Avtomobilsozlik |
Egasi | Audi AG |
Qachon asos solingan | 1963-yil |
Joylashuvi | Italiya SantʼAgata Bolognese |
Hududiy xizmati | Dunyo boʻylab |
Asoschi(lari) | Ferruccio Lamborghini |
Brendlari |
Ducati Motor Holding SpA |
Daromadi | 586 million yevro (2014) |
Aylanma daromadi | 2 380 000 000 |
Kapitallashtirish | 1,832 milliard yevro (2014) |
Sof foydasi | 10,1 million yevro (2014) |
Ishchilar soni | 1 779 (2020-yil) |
Vebsayti | http://lamborghini.com |
Italiyalik ishlab chiqaruvchi Ferruccio Lamborghini 1963-yilda Ferrari bilan raqobatlashish uchun Automobili Ferruccio Lamborghini SpA kompaniyasiga asos solgan. Lamborghini oʻzining birinchi oʻn yilligida tez oʻsdi, ammo 1973-yilgi jahon moliyaviy inqirozi va neft inqirozi ortidan sotuvlar pasayib ketdi. Firma egaligi 1973-yildan keyin uch marta oʻzgardi, shu jumladan 1978-yilda bankrot boʻldi. American Chrysler Corporation1987-yilda Lamborghini boshqaruvini oʻz qoʻliga oldi va uni Malayziyaning Mycom Setdco investitsiya guruhiga va 1994-yilda Indoneziyaning V’Power Corporation guruhiga sotdi. 1998-yilda Mycom Setdco va V’Power Lamborghini-ni Volkswagen guruhiga sotdi[1].
Lamborghini hozirda V12 dvigatelli Aventador va V10 dvigatelli Huracán hamda ikki turbo V8 dvigatel bilan jihozlangan Urus SUV avtomobillarini ishlab chiqaradi. Bundan tashqari, kompaniya offshor motorli qayiq poygalari uchun V12 dvigatellarini ishlab chiqaradi.
1948-yilda Ferruccio Lamborghini tomonidan asos solingan Lamborghini Trattori kompaniyasining bosh qarorgohi Italiyaning Pieve di Sento shahrida joylashgan va traktorlar ishlab chiqarishni davom ettirmoqda[2].