Leonard Bernstein
From Wikipedia, the free encyclopedia
Leonard Bernstein (talaffuzi: Leonard Bernstayn) (1918-yil 25-avgust, Lawrence – 1990-yil 14-oktyabr, Nyu-York) – AQSh bastakori, pianinochisi, dirijyor, musiqa targʻibotchisi. 1943-yildan boshlab Nyu-Yorkdagi simfonik orkestrlarni boshqarib, Amerika, Yevropa va Osiyo mamlakatlarida gastrollarda boʻlgan. 1954-yildan teleekran orqali doimiy suhbatlar uyushtirib, jahon musiqasi durdonalarini izchil targʻib qilib kelgan. Bastakor sifatida Bernstein deyarli barcha janrlarda ijod qilgan. Bernsteinning mashhur myuzikllari orasida „Westside Story“ („Vestsayd voqeasi“) (1957) koʻp mamlakatlarda sahnalashtirilgan, uning asosida film yaratilgan.
Qisqa faktlar Tavalludi, Vafoti ...
Leonard Bernstein | |
---|---|
Tavalludi |
Louis Bernstein 25-avgust 1918-yil Lawrence, Massachusetts, AQSh |
Vafoti |
14-oktyabr 1990-yil(1990-10-14) (72 yoshda)[1][2][3] Nyu-York, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | Bastakor |
Turmush oʻrtogʻi |
Felicia Montealegre (turm. 1951; vaf. 1978) |
Bolalari | 3 |
Otasi | Samuel Joseph Bernstein |
Onasi | Jennie Resnick |
Imzosi | |
Yopish