Les Paul
From Wikipedia, the free encyclopedia
Les Paul (talaffuzi: Les Pol), asl ismi Lester William Polsfuss (9-iyun, 1915 – 12-avgust, 2009)[1][2] — amerikalik jazz va country gitarachi, qoʻshiqchi hamda ixtirochi boʻlgan. U yaxlit tanali elektrik gitara yaratib, rock'nʼroll rivojiga katta hissa qoʻshgan.[3] Les Paul shuningdek musiqaga boshqa yangiliklar ham kiritgan. Masalan, tovush ustidan tovush yozish (bir necha qatlamli elektron ovoz yozish),[4] "delay" va "phaser" samaralari hamda koʻp-yoʻlakli tovush yozish kabi yangiliklar ixtirochilaridan boʻlgan.[5] Hamkasbi Ted McCarty bilan birgalikda "Gibson Les Paul" elektrogitarasini ishlab chiqqan.
Les Paul | |
---|---|
Les Paul jonli ijro paytida. New York, 2008. | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
Lester William Polsfuss 9-iyun 1915-yil |
Vafoti |
12-avgust 2009-yil(2009-08-12) (94 yoshda) White Plains, New York, AQSh |
Fuqaroligi | |
Turmush oʻrtogʻi | Mary Ford |
Janr | Jazz, country, blues |
Amplua | Gitarachi, banjochi, garmonikachi, ixtirochi |
Faoliyat yillari | 1928—2009 |
Veb-sayt | lespaulonline.com |
Les Paul shuningdek virtuoz gitarachi boʻlgan, zamonaviy gitarachilar undan haligacha ilhomlanishadi.[6][7][8][9] Turmush oʻrtogʻi Mary Ford bilan 1950-yillarda qoʻshiqlar yozishgan, plastinkalari millionlab sotilgan.