Logan
From Wikipedia, the free encyclopedia
Logan Kanadadagi eng baland choʻqqi (dengiz sathidan 5956 metr balandlikda) va Shimoliy Amerikadagi Denali togʻidan keyin ikkinchi eng baland choʻqqidir. Yukon hududining janubi-gʻarbiy qismidagi Kluane milliy bogʻida, Alyaska chegarasidan 40 kilometr sharqda, Sent-Elias togʻ tizmasida joylashgan. Logan togʻi nisbiy balandligi boʻyicha dunyodagi eng baland togʻlardan biri boʻlib, Everest, Akonkagua, Denali, Kilimanjaro va Kristobal Kolondan keyin oltinchi oʻrinda turadi.
Logan | |
---|---|
Logan tog'i Kanada | |
Boshqa nomi | en/Mount Logan |
Joylashuvi | Kanada Yukon |
Koordinatalar | 60°34′02″N 140°24′19″W |
Togʻ tizmasi | Kordileri |
Choʻqqisi | 5247 metr[1] |
Balandligi | 5956 metr[2][3] |
Ilk koʻtarilishi | 23-iyun 1925-yil, Albert Makkarti, Uilyam Foster, Endy Teylor, Norman Red, Allen Karp, Frederik Labmert |
Choʻqqiga birinchi koʻtarilish 1925-yil 23-iyunda Albert Makkarti, Uilyam Foster, Endi Teylor, Norman Red, Allen Karp va Frederik Labmertdan iborat alpinistlar guruhi tomonidan amalga oshirildi. 2010-yil may oyida ikki yapon alpinisti Yasushi Okada va Katsutaka Yokoyama Logan togʻining ilgari koʻtarilmagan janubi-sharqiy tomoniga koʻtarilishdi, 2011-yilda u alpinizm olamidagi eng nufuzli mukofot — Oltin Muz boltasi bilan taqdirlangan.