Magnit (Rossiya)
From Wikipedia, the free encyclopedia
Magnit (ruscha: Магнит, „Magnet“) – Rossiyadagi eng yirik oziq-ovqat chakana savdo tarmoqlaridan biri[3]. 1994-yil Krasnodarda Sergey Galitskiy tomonidan tashkil etilgan. 2016-yil mart oyi holatiga koʻra kompaniyaning 2385 ta joyda 12434 ta doʻkonlari bor edi. Ular orasida 9 715 ta doʻkon, 225 ta gipermarket, 2 337 Magnit Cosmetics doʻkoni va 157 Magnit oilaviy doʻkoni mavjud[4]. Kompaniyada 140 000 dan ortiq kishi ishlaydi va har oy bir necha oʻnlab doʻkonlar ochadi.
Turi | OAJ (AJ) |
---|---|
Tarmogʻi | Chakana savdo |
Egasi | Tander |
Qachon asos solingan | 1994 (30 yil avval) (1994) |
Joylashuvi | Rossiya |
Asoschi(lari) | Sergey Galitskiy |
Rahbariyat | Yan Dunning (CEO) |
Mahsulot(lar)i | Isteʼmol tovarlari |
Aylanma daromadi | $21,5 mlrd[1] (2020) |
Operatsion foydasi | $5,07 mlrd[1] (2020) |
Boyligi | $13,1 mlrd[1] (2020) |
Sof foydasi | 32 993 292 000[2] |
Ishchilar soni | 300,000 |
Vebsayti | magnit.ru |
2006-yildan beri kompaniya Rossiyaning koʻplab shahar va shaharchalarida „Magnit“ gipermarketlari tarmogʻini ishlab chiqdi. U Garchi hali ham Moskvada keng tanilmagan boʻlsa-da, 2013-yil aprel oyida sotuvlar hajmi boʻyicha raqibi X5 Groupni ortda qoldirib, Rossiyadagi eng yirik chakana sotuvchiga aylandi[5]. 2014-yil iyul holatiga koʻra, u bozor kapitallashuvi boʻyicha dunyoda toʻrtinchi yirik chakana sotuvchi hisoblanadi[6]. Biroq, 2017-yil holatida Rossiyadagi eng yirik chakana sotuvchi X5 Groupdir[7].
2021-yil noyabr oyidan beri Aleksandr Vinokurovga tegishli Marathon Group kompaniyaning eng yirik aksiyadorga aylandi[8].