Massimo Ambrosini
italiyalik sobiq professional futbolchi / From Wikipedia, the free encyclopedia
Massimo Ambrosini (1977-yil 29-mayda tavallud topgan) — asosan yarim himoyachi ampulasida harakat qilgan sobiq italiyalik futbolchi. Massimo, asosan, Italiya A Seriyasining grant klublaridan biri boʻlgan A.C Milan jamoasidagi muvaffaqiyatli oʻyinlari bilan mashhurlikka erishgan. Amborisini klub tarkibida oʻn sakkiz yili davomida harakat qildi. Jamoa bilan birgalikda bir nechta unvonlarni qoʻlga kiritdi va 2009-yildan 2013-yilgacha Paolo Maldini nafaqaga chiqqanidan soʻng, sardorlik bogʻichini oʻz zimmasiga oldi. Ambrosini Fiorentinadagi bir mavsumlik faoliyatidan soʻng, 2014-yilda futboldagi faoliyatini yakunlaydi. Xalqaro miqyosda Italiya milliy futbol terma jamoasi sharafini 2000-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida va ikki marotaba UEFA Yevropa chempionatida himoya qildi. Shuningdek, UEFA Yevro 2000 turnirida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Massimo Ambrosini[1] | ||
Tavallud sanasi | 29-may 1977-yil (1977-05-29) (46 yosh) | ||
Tavallud joyi | Pesaro, Italiya | ||
Boʻyi | 1.82 m | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1994—1995 | Cesena | 25 | (1) |
1995—2013 | AC Milan | 344 | (29) |
1997—1998 | → Vicenza (ijara) | 27 | (1) |
2013—2014 | Fiorentina | 21 | (0) |
– | Italiya | 35 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Hozirda Massimo Sky Sport Italiya jamoasi uchun ekspert va futbol sharhlovchisi sifatida ishlaydi[2].