Misr piramidalari
Misrda joylashgan piramida shaklidagi qadimiy tuzilmalar / From Wikipedia, the free encyclopedia
Misr piramidalari Misrda joylashgan piramida shaklidagi qadimiy tuzilmalardir. Manbalarga koʻra, hozirgacha aniqlangan piramidalar 119 ta hisoblanadi.[1][2] Ularning aksariyati Qadimgi va Oʻrta qirollik davrida mamlakat firʼavnlari va ularning rafiqalari uchun qabr oʻlaroq bunyod etilgan.[3][4][5]
Eng mashhur Misr piramidalari Qohira shahri chetidagi Giza platosida topilgan. Giza piramidalarining bir nechtasi hozirgacha qurilgan eng yirik inshootlardan biridir. Ularning eng yirigi — Xeops piramidasi boʻlib, ushbu ehrom hozirgacha saqlanib qolgan yaqona Dunyoning yetti moʻjizasidan biridir.[6]