Naxichevan Avtonom Respublikasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Naxichevan, Naxichevan Muxtor Respublikasi (1920-1923-yillarda — Naxichevan Sovet Sotsialistik Respublikasi, 1923-1924-yillarda — Naxichevan Avtonom Viloyati, 1924-1990-yillarda — Naxichevan Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, 1990-yildan boshlab hozirgi vaqtgacha Naxichevan Avtonom Respublikasi) — Ozarbayjon Respublikasi tarkibidagi avtonom mamlakat. Shimol va Sharqdan Armaniston Respublikasi bilan chegaradosh (chegara chizigʻi uzunligi 246 km ni tashkil qiladi), Gʻarbda Turkiya Respublikasi (chegara chizigʻi uzunligi 15 km ni tashkil qiladi)[2][3][4][5][6][7] Janubdan esa Eron Islom Respublikasi bilan chegaradosh (chegara chizigʻi uzunligi 204 km ni tashkil qiladi).
| |
Madhiya: Ozarbayjon madhiyasi | |
Poytaxt | Naxichevan shahri |
Eng katta shahar | Оrdubad, Julfa, Sharur |
Rasmiy til(lar) | Ozarbayjon tili |
Hukumat | Muxtor Respublika |
• Oliy Sovet Raisi |
Ozar Zeynalov (YAP) |
Muxtor Respublika | |
• “Naxichevan Sovet Sotsialistik Respublikasi” |
28.07.1920 |
• Naxichevan mamlakati avtonomligi |
16.06.1923 |
• Naxichevan Sovet Sotsialistik Respublikasi |
09.02.1924 |
• Naxichevan Sovet Sotsialistik Avtonom Respublikasi |
05.12.1936 |
• Naxichevan Muxtor Respublikasi |
17.11.1990 |
Maydon | |
• Butun |
5 502.75 [1] km2 |
Aholi | |
• 2015-yilgi roʻyxat |
439 800 [1] |
• Zichlik | 80/km2 |
Pul birligi | Ozarbayjon Manati (AZN) |
Vaqt mintaqasi | 4 |
Qisqartma | Nах.АR |
Telefon prefiksi | +994 60 |
Internet domeni | .az |
www.nakhchivan.az/ |
Naxichevan Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi 1924-yilning 9 fevralida tashkil etilgan. Naxichevan ARning Armaniston bilan tabiiy chegaralarini Zangezur va Daralayaz tizmasining suv soʻqmoqlari tashkil etadi, Turkiya va Eron bilan chegaralarni esa Araz daryosi tashkil etadi. Shimoli — gʻarbiy hududi Janubi — sharqqa 158 km masofaga choʻzilgan. Naxichevan Avtonom Respublikasining eng shimoliy nuqtasi — Saraybulag tizmasining Sharur tumani hududidagi Kyormulu togʻidir (2064 m), eng janubiy nuqtasi esa — bu Araz stansiyasi. Shimoldan janubga boʻlgan eng katta masofa 75 kilometrga teng.
Qadimgi Ozarbayjon yerlari boʻlgan Zangezur, 1920-yilda sovet rahbarlari tomonidan Armanistonga berib yuborildi va buning natijasida Araz daryosiga choʻzilgan 44-45 kilometr kenglikdagi chiziq Naxichevan Avtonom Respulikasini Ozarbayjon Respublikasining boshqa hududlaridan ajratib qoʻydi. 1924-yilda Naxichevan ASSRda 3 uyezd va 12 okrug shakllantirildi, 1925-yilda uyezdlar tarqatilib, okruglar soni 8 gacha kamaytirildi: Bash Norashen, Givrag, Tumbul, Abragunis, Narimanov, Djulfa, Paraga va Ordubad okruglari. 1930-yilning birinchi yarimida Shaxbuz tumanini qoʻshilishi bilan Sharur, Naxichevan, Djulfa, Ordubad va Abragunis tumanlari tashkil topdi. 1948-yilda Abragunis tumanini tumanini Djulfa tumani bilan birlashtirilganidan soʻng, Naxichevan ASSR besh maʼmuriy tumanlarga boʻlindi: (Naxichevan (1978-yildan boshlab Babek), Sharur, Shahbuz, Djulfa va Ordubad). 1990-yilning 28 avgustida Ozarbayjon Oliy Soveti buyrugʻiga binoan, Turkiya bilan chegaradosh hududni ijtimoiy — iqtisodi rivojlanishini tezlashtirish va kuchaytirish maqsadida, hamda, hududning geostrategik holatini nazarda tutgan holda, Sadarak qishlogʻi va uning atrofidagi hududlar asosida Sadarak tumani tashkil etildi. 2013-yilda Babek va Sharura tumanlarining ayrim qishloqlari hisobiga Kangarli tumani tashkil etildi.
1929-yilning 18 fevralida Kavkaz orti Markaziy Saylov Qoʻmitasi totalitar maʼmuriy boshqaruv sharoitida, Naxichevan ASSRning olti qishlogʻi — Sharur okrugining Gurduglag, Shahbuz tumaning Xachik, Goradiz, Ogbin, Sultanbek, Aghchen, Almali Itgiran qishloqlari, Ordubad okrugining Gorchevan qishlogʻi, shuningdek, Kilit qishloqlarini, hududlarning ayrim qismlari va ekin yerlarini Armaniston SSRi bilan birlashtirish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qildi. Kavkaz orti Markaziy Saylov Qoʻmitasi Naxichevan chegaralari masalasini Moskva bitimi (1921) va Gar bitimini (1921) imzolagan tomonlarning ishtirokisiz koʻrib chiqib, Naxichevan hududining bir qismini Armanistonga berib yubordi va bu bilan xalqaro huquq normalarini qoʻpol ravishda buzgan.[8]
2014-yilning 1 yanvarida Avtonom Respublikasi holatidan kelib chiqib, maʼmuriy sabablarga koʻra toʻrt tuman va Naxichevan shahri maʼmuriy hududiy okruglarga boʻlindi; ushbu maʼmuriy birliklarda 5 shahar (Naxichevan, Ordubad, Djulfa, Sharur va Shazbuz), 8 shahar tipidagi qishloqlar, 206 qishloq va 219 aholi yashash punktlari joylashgan.[1][9] Avtonom Respublikasining Maʼmuriy markazi qadimiy shahar Naxichevan hisoblanadi.