Neptun orti obyektlari
From Wikipedia, the free encyclopedia
Neptun orti obyektlari(shuningdek, Trans-Neptun obyekti deb ham ataladi)[1] — Quyosh tizimidagi har qanday kichik sayyora bo'lib, u Quyosh atrofida 30,1 astronomik birlik (a.b.) bo'lgan Neptunga qaraganda kattaroq o'rtacha masofada aylanadi.
Odatda, Neptun orti obyektlari Koyper belbog'ining klassik va rezonansli obyektlariga bo'linadi, shuningdek tarqoq disk, ajratilgan obyektlar va sednoidlar kabi qismlari mavjud. 2020-yil oktyabr holatiga koʻra, kichik sayyoralar katalogda 678 ta raqamlangan va 2000 dan ortiq raqamlanmagan Neptun orti obyektlari mavjud[2][3].
Birinchi trans-Neptun obyekti 1930-yilda kashf etilgan bo'lib, u mitti sayyora Pluton edi. Quyosh atrofida to'g'ridan-to'g'ri aylanadigan ikkinchi trans-Neptun obyektini kashf qilish 1992-yilda amalga oshirildi va u 15760 Albion deb nomlandi. Hozirgi kunda bizga ma'lum bo'lgan eng massiv Neptun orti obyekti - Eris, undan keyin Pluton, Haumea, Makemake va Gonggonglardir. Trans-Neptun obyektlari orbitasida 80 dan ortiq tabiiy yo'ldoshlar topilgan. TNO lar ko'rinishi ranglarda farqlanadi va kulrang-ko'k yoki juda qizil bo'ladi. Ular tolinlar bilan qoplangan bo'lib, tosh, amorf, uglerod, suv va metan kabi uchuvchi muzlarning aralashmalaridan hamda boshqa organik birikmalardan iborat deb taxmin qilinadi.
Yarim katta o'qi 150 a.b. dan va perigeliysi 30 a.b. dan katta bo'lgan 12 ta kichik sayyoralar ma'lum bo'lib, ular ekstremal trans-Neptun ob'ektlari (ETNO) deb ataladi.